Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Radio efiri orqali qonun hujjatlari tushuntirildi

Joriy yilning 11 aprel kuni Qarshi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Eshimov, bosh yuriskonsulti J.Shukrullayevlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali intervyular berishdi.

12
Radio efirida

Joriy yilning 11 aprel kuni boshqarmaning Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi boshlig‘i A.Xudoyberiyev va katta maslahatchisi E.Dustovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali intervlar berishdi.

Eshittirishda ta’lim sohasida yoshlarga beriladigan imtiyozlar hamda hakamlik sudlari faoliyati bo‘yicha savol-javob shaklida mulohazalar yuritildi.

12
2022-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan

Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

11
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 2022-yil
1-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

11
Saylov tartiblari tushuntirildi

    Bugun Qarshi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Jurayev, Mahalla va nuroniylar vazirligi mas’ul xodimi B.Mamayusupov, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat ko‘maklashuvchi kommissiya raisi R.Raupov, komissiya kotibi Sh.Kattaboboyev, Kitob tuman komissiya a’zosi J.Raxmonovlar ishtirokida viloyat televideniyesida davra suhbati tashkil etildi.

11
Mahalla raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish tartibi

Mahalla raisi (oqsoqoli) saylovini o'tkazish tartibi

11
Intellektual mulk sohasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 8 aprel kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk eng muhim boylik” shiori ostida targ‘ibot tadbiri hamda tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z brendlarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida “Yilning eng yaxshi brendi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda, tadbirkorlik sub’ektlari, mutasadi idora va tashkilotlar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

11
Tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi

Viloyat adliya boshqarmasiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar bo‘limi xodimlari X.G’ va boshqalarning ish haqlari to‘liq to‘lab berilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.

11
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3 016 ta murojaatning 2 614 tasi hal etilib, shundan 1 844 tasi yoki 61,2 foizi qanoatlantirildi, 770 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 94 ta murojaatning 86 tasi hal etilib, shundan 33 tasi yoki 35,1 foizi qanoatlantirildi, 53 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

11
Shifokor siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga ko'ra yo'l qo'yiladi

▫️ ahvoli og'irligi sababli o'z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;

▫️ yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;

▫️ tergov yoki sud tekshiruvi o'tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so'rovi bo'yicha;

▫️ 14 yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam ko'rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;

▫️ fuqaroning sog'lig'iga g'ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo'lganida (https://lex.uz/docs/-26013).