Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

14
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida kouching boʻlib oʻtdi.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Xudoyberdiyev tomonidan “Shaxsning huquqiy maqomi. Teng huquqlilik va gender tengligi” mavzusida kouching boʻlib oʻtdi.

13
Саноат ишлаб чиқаришида қўшимча қулайликлар яратилади

“Саноат ишлаб чиқаришида хомашё узлуксизлигини таъминлаш бўйича қўшимча қулайликларни яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–392-сон, 12.10.2022 й.) қабул қилинди.

13
Adliya seminari

Joriy yilning 12-13-oktabr kunlari  Respublikaning barcha hududlaridan taklif etilgan jurnalist va blogerlar uchun Adliya vazirligi tomonidan 2 kunlik seminar -trening tashkil etildi.

12
Targ'ibot tadbirlari

Viloyat xokimining tasdiqlagan rejasiga asosan Dehqonobod tumani xokimligida Inson huquqlari boʻyicha (Ombudsman)ning viloyat vakili, Oʻz.R. Prezidentining Viloyat halq qabulxonasi Dehqonobod tumani boʻlimi, tuman Adliya boʻlimlari hamkorligida , Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi,   boshqa  viloyat va tuman tashkilotlari, mahalla faollar va fuqarolar ishtirokida  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul qilinganligining  30-yilligi munosabati  bilan  "Fuqarolar bilan muloqot-Inson Huquqining taʼminlanishi bosh omilidir" mavzusida davra suxbati, oʻquv seminari oʻtkazilib, tegishli mutasadilar tomonidan tegishli inson huquqlari  bilan bogʻliq  Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va boshqa qonunlar boʻyicha maʼroʻzalar qilinib, ishtirokchilarga   tushunchalar  berildi. Qatnashchilardan tomonidan berilgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

11
Targ‘ibot tadbirlari

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan “A.Temur” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda aholiga qabul qilingan qonun xujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, o‘lim jazosining taqiqlanishi, Referendum o‘tkazish, alimentlarni rasmiylashtirish, “Ayollar daftari”ga kiritish tartiblari, huquqbuzurliklarning salbiy oqibatlari, firibgarlik jinoyatlari va boshqalar haqida tushuntirildi.  
Bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolarning 8 nafarining murojaatiga huquqiy tushunchalar berildi.

11
QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2022-YIL 3-CHORAK SARHISOBI.

Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari qayta koʻrib chiqiladi

“Qurilish cohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (577-son, 06.10.2022-y.)                      

Qarorga koʻra, qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlaridan biri etib eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish belgilandi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar belgilab qoʻyildi:

▫️ “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;

▫️qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi;

▫️qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi;

▫️shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta koʻrib chiqiladi va zaruratga koʻra yangilab boriladi;

▫️qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

▫️ shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalarning tegishli qismlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.

11
Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o'zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi

So'ngi vaqtlarda mamlakatimizga xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarning keskin ko'payishi kuzatilmoqda. Xorijiy fuqarolar oqimining ortishi albatta turistik salohiyatimiz uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga bu jarayonda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko'proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda.
Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishiga sabab bo'lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to'g'risida eslatib o'tmoqchimiz.

Kvartirani ijagara berish bo'yicha shartnoma shakli

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo'yilishi kerak.

Shartnomani davlat hisobiga qo'yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.

Shartnomani davlat hisobiga qo'yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo'ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming so'mdan) 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ijara shartnomasining muddati

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi.

Shartnomada muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladi.

Ijara uchun to'lanadigan haq

Ijara haqi miqdori ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o'zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo'yiladi.

Ijara haqining miqdori bir tomonlama o'zgartirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Ijara puli shartnomada ko'rsatilgan muddatlarda to'lanishi kerak.

Shartnomani bekor qilish

Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko'ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫️ijara puli olti oy yoki qisqa ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2 martadan ko'proq haq to'lanmagan bo'lsa;
▫️uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
▫️uy-joydan g'ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo'lsa.

Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo'shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo'l qo'ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.

Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganlardan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko'ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.

Ijaraga beruvchilar tomonidan kvartiradan chiqib ketish yoki ko'proq haq to'lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo'yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Hujjatlarni, shu jumladan da'vo arizasini rasmiylashtirish bo'yicha amaliy yordam olish uchun adliya organlariga hamda “Madad” NNT va uning hududiy byurolariga (+99871 256 52 53, advice.uz) murojaat qilishingiz mumkin. Adliya hujjatlarga yordam beradi!

Hurmatli mulkdorlar! O'z manfaatlaringiz hisobiga boshqa shaxslarning huquq va manfaatlariga putur yetkazib qonunchilik talablarini buzmaslikka chaqiramiz.

10
15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni

Kasbi tuman adliya bo‘limi, prokuratura, ichki ishlar, davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan birgalikda “15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlab tumandagi olis xududiga kiruvchi “Shakarjo‘y” MFYda qishloq ayollariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda qonunchilikda xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berilib, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan ayollarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi hamda zarur hujjatlari rasmiylashtirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, 8 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida huquqiy maslahatlar berilib, 3 nafarning murojaati bo‘lim ish yurituviga olindi. 

10
Bilasizmi

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran 2 oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda Markaziy bankning majburiy zaxiralari fondiga depozitga qoʻyilgan debitorlik qarzlari va mablagʻlarini olish choralarini koʻradi.

Mazkur mablagʻlar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

(https://lex.uz/docs/42074#42153) Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab 3 kun ichida fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash tartibi va muddatlarini eʼlon qiladi.

Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida boshlashi shart. Haq toʻlash Markaziy bankning roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi.

10
Sayyor qabul tashkil etildi.

Qamashi tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Do‘stlik” MFYda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarori, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, mexnat qonunchiligi va boshqalar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib,  davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan  6 ta fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.