Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Adliya hudud

Kasbi tumanida joylashgan “Oziq-ovqat Dehqon bozori” MCHJda huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

26
Adliya xabari

Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan  kontrafakt mahsulotlar katalogini doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklli QR-kod orqali ma'lumotlar olish imkoniyati yaratildi.

26
Tanlov

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun  "Jadid tafakkuri" stipendiyasi tanlovi bo‘lib o'tishi belgilangan.

25
Sayyor xizmatlar

Yakkabog' tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi xodimlari, Yakkabog' tuman IIB profilaktika inspektori va tuman FXDY bo'limi bilan hamkorlikda "Xo'jailg'or" MFY hududida sayyor qabul o'tkazildi.

25
Давлат фуқаролик хизматчилари одоб-ахлоқининг намунавий қоидалари юзасидан семинар ўтказилди

Қашқадарё вилояти ҳокимлигида жорий йил Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан қабул қилинган давлат фуқаролик хизматчилари намунавий қоидалари ҳамда одоб-ахлоқ комиссияси тўғрисидаги намунавий низом ва одоб-ахлоқ комиссиясини тўғрисидаги низомни масъул ходимларга батафсил тушунтириш мақсадида семинар ўтказилди.

24
Seminar

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 24-oktabr kuni  viloyat hokimligi binosida  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-son qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.

Mazkur semenarda viloyat hokimligi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filialining 70 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov tomonidan ishtirokchilarga, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi aytib o'tildi.

Semenar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

24
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosi oʻrgatiladi

“Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–407-son, 20.10.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib oʻzbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va uning huquqiy maqomini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, undan muloqot vositasi sifatida foydalanishni ragʻbatlantirib borish belgilandi.

  2023-yil 1-yanvardan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etiladi.

  Maxsus oʻquv kurslarida koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar – bepul, qolgan shaxslar – pullik asosda oʻqitiladi.

  2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi koʻrsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi.

  2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻqituvchi lavozimiga faqat dars oʻtiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.

  2023/2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda surdopedagogika va tiflopedagogika yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 25 foizga oshiriladi.

  2023-yildan boshlab har yili sentyabr oyida “Imo-ishora tili boʻyicha eng yaxshi tarjimon” tanlovi oʻtkaziladi va tanlov gʻoliblari quyidagicha tartibda pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:
▫️1-oʻrin uchun – BHMning 100 baravari;
▫️2-oʻrin uchun – BHMning 65 baravari;
▫️3-oʻrin uchun – BHMning 50 baravari.

24
Radio efirida

Bugun “Oltin voha” radiosining “Qaror va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri orqali Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi”ning 24-moddasiga kiritalayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi.

22
Оилавий ажримларни олдини олиш таклифлари кўриб чиқилди

Барчага сир эмаски оилада эр-хотин ўртасидаги турли салбий ҳолатлар нафақат уларнинг ўзларига, балки энг ачинарлиси фарзанд тарбиясига ва юзага келадиган ажримлар жамиятда носоғлом муҳитни шаклланишига сабаб бўлади.

22
Onatilim faxrim

Koson tuman hokimligi tomonidan "Qadring baland bòlsin, ona-tilim!" tanlovi bo'lib o'tdi.