Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ushbu xizmatlardan elektron shaklda foydalanish bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy reglamentlar mohiyati.


Davlat xizmatlari ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilash masalasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur konsepsiya doirasida qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlar orasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning “ma’muriy reglamentlari” alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi ma’muriy reglament institutidagi o‘zgarishlar xizmat ko‘rsatish sohasini har tomon uchun qulay qilishga xizmat qiladi.

Ma’muriy reglamentlar instituti davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasidagi normativ-huquqiy hujjat hisoblangan “ma’muriy reglament”lar aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning shaffofligini ta’minlab, xizmat ko‘rsatishni ixchamlashtiradi. Davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ular tomonidan qabul qilinadigan hujjatlardagi noaniqlikni barham berib, muvofiqlashtirdi.

   Ma’muriy reglamentga davlat hokimiyati organlari bilan aholi o‘rtasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarning mexanizmlarini ochib beruvchi huquqiy hujjat sifatida qarash mumkin. Chunki davlat organi tomonidan qabul qilinadigan har qanday huquqiy hujjatlar, agar aholi manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lib, davlat organi va fuqaro o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni o‘rnatishga qaratilmagan bo‘lsa, Oliy Majlis, Prezident yoki hukumat tomonidan qabul qilinishi maqsadga muvofiq.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunda ma’muriy reglamentlar normativ-huquqiy hujjatlarning alohida turi sifatida belgilanmagan bo‘lsa ham hukumat qarorlari bilan tasdiqlanmoqda. Milliy qonunchiligimizda ma’muriy reglamentlar davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatlarining tartibi, muddatlari, narxi to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi huquqiy hujjat ekan, uni ijro hokimiyati – Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini hisobga olgan holda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar turkumiga kiritish mumkin.

Qonunosti hujjat sifatida ma’muriy tartib-taomillarni tartibga solishga qaratilgan, xususan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi;

Ma’muriy tartib-taomillarga oid normalar, ya’ni davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, muddati va xizmatlarni amalga oshirishning ketma-ketligi, hujjatlar namunasi aks ettirilishi lozim;

boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilinmasligi kerak.

Qabul qilinayotgan ma’muriy reglamentlar davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash bilan birga idoralararo elektron ma’lumot almashinuv tizimini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Biroq, ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining 34 tasi an’anaviy usulda, 7 tasi YaIDX portali orqali va
5 turdagi xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu davlat xizmatlarining atigi 2 tasi, ya’ni sudlanganlik haqida ma’lumot berish hamda manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlangan.

“Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasida Ichki ishlar vazirligi an’anaviy shaklda ko‘rsatadigan davlat xizmatlariga nisbatan YaIDX portali orqali taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlarining ulushi 2021 yilda 20 foizga oshirilishi ko‘zlangan. 2022 yilda esa 40 foizga yetkaziladi. Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soniga nisbatan YaIDX portali orqali taqdim etiladigan xizmatlar ulushini 2021 yilda 20 foizga o‘stirish belgilangan.

Mazkur strategiyada fuqaroning identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish hamda fuqarolikka qabul qilish yoki tiklash, chiqish va shu kabi xizmatlarni YaIDX portalida amalga oshirish belgilangan.