Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.10.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIADLIYA VAZIRLIGIQASHQADARYO VILOYATADLIYA BOSHQARMASI2024-yilning 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

U M U M L A SH T I R I SH

2024-yil 9-oktabr                                                                                                                                                                                Qarshi shahri

       

  Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

         Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

         Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga
2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 8 684 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 1 929 tasi yozma, 3 tasi elektron, 4 190 tasi ogʻzaki, 1 028 tasi veb-sayt orqali, 1 534 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 1 328 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.




Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar
2 238 taga (6 446 ta) yoki 34.7 foizga ko‘paygan boʻlib, ko‘payganligining asosiy sababi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi
PF-80-son Farmoni qabul qilinib, uyma-uy yurgan holda huquqiy muammolar aniqlanib, murojaatlar asosida hal qilinishi yo‘lga qo‘yganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 8 684 ta murojaatlarning 2 435 tasi boshqarmaga,
6 249 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 2 435 ta (114 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 1 328 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 48 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 726 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,
2 221 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 161 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 45 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 23 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 99 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 578 taga (3 013 ta) yoki 19.2 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.




Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 005 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 720 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 321 tasi notariat va advokaturaga oid, 94 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 87 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid,
55 tasi inson resurslari sohasiga oid, 53 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 40 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 21 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 39 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.




Boshqarmaga 2024-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 710 tasi shikoyat va 1 725 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 198 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 98 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 45 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 32 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,
30 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 21 tasi advokaturaga oid, 20 tasi soliq sohasiga oid, 10 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 8 tadan uy-joyga doir, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.




Hisobot davrida kelib tushgan 2 435 ta murojaatlarning 2 221 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 788 tasi yoki 32.4 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 35.5 foizi) qanoatlantirilgan, 1 433 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 36 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 71 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 206 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 23 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 99 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 114 ta ariza-shikoyat, shundan 48 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).




Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 32 ta 19 mlrd. 866 mln. 728 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 61 ta taqdimnoma, 25 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 ta hujjat bekor qilingan,
22 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida
16 mlrd. 709 mln. 505 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro K.Jumayevaning homiladorlik va tug‘ruq ta’til puli to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatini o‘rganish davomida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish viloyat boshqarmasi fevral oyidan buyon homiladorlik va tug‘ruq ta’tili pullari to‘lab berilmayotganligi aniqlanib. FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada, sudning fuqaro K.Jumayeva manfaati tomon hal qiluv qarori chiqilib, tug‘ruq ta’til puli va ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Kitob tumanida yashovhi fuqaro M.Rashidova va boshqalarning joriy yilning sentabr oyida ish haqidan roziligisiz asossiz ushlab qolinganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi ushbu xodimlardan paxta yig'im terimi uchun ish haqidan 2,5 mln. so‘mdan ushlab qolganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, adliya aralashgach fuqarolardan ushlab qolingan ish haqlari to'liq undirib berildi va Kitob tuman Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i hamda bosh hisobchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi.

G'uzor tumanida yashovhi fuqaro M.Ergashova ko'p yillik ishlagan davri uhun ustama puli to'lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilib, natijasida fuqaroga tumandagi Do'stlik shaxobchasida tez tibbiy yordam hamshirasi lavozimida ishlab kelayotganligi aniqlanib, to'lanmay qolgan ish haqlari to'liq undirib berildi.

Fuqaro G.Kenjayeva ishdan bo'sahganidan so'ng yakuniy hisob-kitob pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasi bo'yicha fuqaro G.Kenjayevaga 6 mln. so'm yakuniy hisob-kitob puli undirib berildi hamda bo'limning aybdor xodimiga nisbatan MKtKning 49-moddasiga asosan ma'muriy taklif kiritilib, ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Qarshi tumanidagi 17-maktab o'qituvchisi M.Zaripovaning maktab ma'muriyati tomonidan 2024-2025-o'quv yili uchun dars taqsimoti Nizom talablari asosida taqsimlanmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilganida adliya boshqarmasining aralashuvi bilan dars taqsimoti “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarni shakllantirish to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) asosan qayta taqsimlanib, fuqaroning huquqlari tiklandi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 41 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 90 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 31 ta, jami 162 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 72 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 90 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 147 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 6 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 6 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 3 tasi notariat va advokaturaga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 87 tasi qanoatlantirilgan, 67 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 3 tasi ish yurituvda qoldiq hisoblanadi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 534 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 557 tasi qanoatlantirildi, 906 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 tasi rad etilgan, 63 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2024-yilning 9 oyi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 6 249 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 3 676 tasi shikoyat, qolgan 2 573 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2 816 taga (3 433 ta) yoki 82 foizga ko‘payganligini koʻrishimiz mumkin.




Kelib tushgan 6 249 ta (oʻtgan yildan 40 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 4 925 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 3 558 tasi qanoatlantirilgan yoki 57 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 72.2 foizi) qanoatlantirilgan, 1 367 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 28 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 406 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 930 tasi qoldiq boʻlib qolgan.




Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:




Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Koson tumaniga 738 ta, Nishon tumaniga 525 ta, Kitob tumaniga 479 ta, Qarshi tumaniga 407 ta, Qarshi shahriga 403 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Yakkabog‘ tumaniga 336 ta, Kasbi tumaniga
305 ta, Mirishkor tumaniga 293 ta, Muborak tumaniga 289 ta, Qamashi tumaniga 279 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.




Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 236 ta taqdimnoma, 340 ta 17 mlrd. 703 mln. 419 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 4 ta maʼmuriy va 1 ta ogohnoma kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 4 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 24 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 53 mlrd. 152 mln. 894 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida
1 824 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 2 191 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 44 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 4 059 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 3 795 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 189 tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid va 75 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 2 478 tasi qanoatlantirilgan, 913 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 24 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 238 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 438 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 32 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
1 527 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 422 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 199 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 136 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 112 tasi taʼlimga doir, 87 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 52 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.




Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2024-yilning
9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash.

Rejalashtirish va
nazorat-tahlil sho‘basi





Рўйҳатга қайтиш