Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 8 684 ta murojaatning 7 146 tasi hal etilib, shundan 4 346 tasi yoki 50 foizi qanoatlantirildi, 2 800 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 1 328 ta murojaatning 1 322 tasi (oʻtgan yildagi qoldiq bilan) hal etilib, shundan 424 tasi yoki 31.9 foizi qanoatlantirildi, 898 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 98 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib,
86 tasiga ijobiy xulosa berildi, 12 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 82 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 90 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 32 tasi (8 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari) bekor qilinib, 58 tasi qonun hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 269 ta takliflar ishlab chiqildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 270 ta oʻrganish va 948 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 1 392 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 63 896 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 160 ta taqdimnoma, 461 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 380 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 141 nafar shaxs intizomiy (shundan 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 458 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 3 093 ta noqonuniy hujjatlar aniqlanib, 725 ta bekor qilindi, 2 368 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi, shuningdek, 106 mlrd. 764 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 40 mlrd. 530 mln. soʻmlik 413 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 31 mlrd. 723 mln. soʻmlik 376 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2024-yil 30-sentyabr holatiga koʻra jami 609 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 438 tasi davlat roʻyxatiga, 171 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2024-yil 30-sentyabr holatida jami
497 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 329 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 5 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 23 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 140 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha
Markazlar tomonidan jami 438 051 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.
Ushbu hujjatlardan 406 626 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 31 425 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.
Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 253 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
116 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha
Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami
1 135 359 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 764 702 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali, 370 657 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 1 043 620 tasi hal etilgan va 91 739 tasi rad etilgan.
FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 74 405 ta
(39 103 ta oʻgʻil, 35 302 ta qiz) tugʻilish, 17 908 ta nikoh, 2 292 ta nikohdan ajralish, 12 010 ta oʻlim, 3 552 ta otalikni belgilash,
289 ta farzandlikka olish, 1 466 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 3 mlrd.
330 mln. 200 ming soʻmlik davlat boji, 3 mlrd. 407 mln. 658 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 4 mlrd. 445 mln. 501 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 21 641 ta, shundan 1 976 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 9 562 tasi ijtimoiy tarmoqlari orqali chiqishlar, 8 572 tasi ogʻzaki, 1 531 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 2 872 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 5 133 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi