U M U M L A SH T I R I SH
2024-yil 10-iyul Qarshi shahri
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.
Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga
2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 3 984 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan
639 tasi yozma, 1 tasi elektron, 1 775 tasi ogʻzaki, 699 tasi veb-sayt orqali, 870 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 900 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar 330 taga (4 314 ta) yoki 7.3 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami 3 984 ta murojaatlarning 1 614 tasi boshqarmaga,
2 370 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqarma faoliyati boʻyicha:
Boshqarmaga kelib tushgan 1 614 ta (114 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 900 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 48 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 503 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,
1 523 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 92 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 21 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 16 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 76 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 417 taga (2 031 ta) yoki 20.5 foizga kамайganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami murojaatlarining 681 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 432 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 223 tasi notariat va advokaturaga oid, 66 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 66 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid,
38 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 32 tasi inson resurslari sohasiga oid, 25 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 8 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 43 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.
Boshqarmaga 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarning 431 tasi shikoyat va 1 183 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.
Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 122 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 37 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 22 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 21 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,
18 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 15 tasi soliq sohasiga oid, 14 tasi advokaturaga oid, 9 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 8 tasi nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 6 tasi yerga doir qonun hujjatlari hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 1 614 ta murojaatlarning 1 523 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 520 tasi yoki 30.1 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 34.1 foizi) qanoatlantirilgan, 1 003 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 23 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 52 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 113 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 16 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 76 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 114 ta ariza-shikoyat, shundan 48 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 32 ta 19 mlrd. 866 mln. 728 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 48 ta taqdimnoma, 15 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 ta hujjat bekor qilingan,
15 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida
14 mlrd. 544 mln. 436 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.
Misol uchun, fuqaro X.Abdullayevning viloyat statistika boshqarmasi ustama pullarini to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni talablariga asosan ustama pullari to‘lab bermaganligi aniqlanib, fuqaro manfaatida javobgar hisobidan 18,9 mln. so‘m ustama pullari va ma’naviy zarar uchun 10 mln. so‘mni undirish haqida sudga da’vo arizasi kiritildi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan, viloyat adliya boshqarmasi hisobidan fuqaro X.Abdullayevning foydasiga 28,9 mln. so‘m ustama pullari undirish belgilandi.
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Eshboboev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni 6-bandi ijrosi amalga oshmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganib chiqilganda, xodim O.Eshboboev joriy yilning 8-fevral kuni Google Data Analytics Professional Certificate nomli sertifikat olganligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy veb-saytida xalqaro sertifikatlar ro‘yxatiga mazkur sertifikat kiritilganligi, biroq unga ustama pullari to‘lanmayotganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, boshqarmaga taqdimnoma kiritilib, xodim O.Eshboboevning to‘lanmay qolgan ustama pullari undirib berildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi sobiq xodimi K.Jumaevaning mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, inspeksiyaga taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, fuqaro K.Jumaeva avvalgi ish joyiga tiklangan va murojaat qanoatlantirildi.
Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinikasi xodimi Sh.Qobilova homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan o‘z ish joyiga qaytishiga to‘sqinlik qilinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, xodim Sh.Qobilovani o‘z ish joyiga tiklash bo‘yicha poliklinikaga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasida xodim Sh.Qobilova ish joyiga chiqib ishlashiga ruxsat etish to‘g‘risida poliklinika bosh vrachining buyrug‘i rasmiylashtirildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi sobiq xodimi A.Ziyatovning yakuniy hisob-kitob pullari to‘liq to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilganda, sobiq xodim A.Ziyatov 2022-yil davomida yillik mehnat ta’tiliga chiqmaganligi hamda bosh boshqarma tomonidan bu uchun pulli kompensatsiya to‘lanmaganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, sobiq xodim A.Ziyatovga to‘lanmay qolgan 8,9 mln. so‘mlik kompensatsiya pullari to‘latib berildi.
Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 21 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 59 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 20 ta, jami 100 ta murojaatlar qabul qilingan.
Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 41 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 59 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 92 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 3 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 3 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 2 tasi notariat va advokaturaga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 50 tasi qanoatlantirilgan, 41 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 tasi ish yurituvda qoldiq hisoblanadi.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 870 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 367 tasi qanoatlantirildi, 476 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 tasi rad etilgan, 21 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.
Boshqarma tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:
Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2024-yilning
1-yarim yilligi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 2 370 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 1 760 tasi shikoyat, qolgan 610 tasi ariza shaklida hisoblanadi.
Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 87 taga (2 283 ta) yoki 3,9 foizga ko‘payganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan 2 370 ta (oʻtgan yildan 40 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 2 110 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 1 646 tasi qanoatlantirilgan yoki 68,3 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 78 foizi) qanoatlantirilgan, 464 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 19 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 128 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 153 tasi qoldiq boʻlib qolgan.
Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:
Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Koson tumaniga 293 ta, Muborak tumaniga 213 ta, Kitob tumaniga 183 ta, Shahrisabz tumaniga 162 ta, Chiroqchi tumaniga 154 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Qarshi tumaniga 126 ta, Shahrisabz shahriga 114 ta, Qamashi tumaniga 102 ta, Kasbi tumaniga 100 ta, Yakkabog‘ tumaniga
71 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 166 ta taqdimnoma, 260 ta 14 mlrd. 582 mln. 271 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 4 ta maʼmuriy va 1 ta ogohnoma kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 3 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 6 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 45 mlrd. 893 mln. 795 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.
Adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 687 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, 1 180 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 28 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 1 895 ta).
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 1 853 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 42 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 1 381 tasi qanoatlantirilgan,
362 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 15 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 47 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 122 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 32 ta murojaatlar o‘tgan).
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
1 002 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 137 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 45 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 29 tasi taʼlimga doir, 26 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha, 24 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 19 ta va boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2024-yilning
1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;
2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;
3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;
4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash.
Rejalashtirish va
nazorat-tahlil sho‘basi