Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2024

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan 2024 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan
2024 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

M A ‘ L U M O T

 

1. Kelib tushgan xat-hujjatlar va topshiriqlar bo‘yicha.

Bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 30-июн holatiga jami 59 ta
xat-hujjatlar va topshiriq xatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 17 tasi Adliya vazirligidan 42 tasi boshqa tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

2. Ariza shikoyatlar va “Ishonch telefoni” bo‘yicha.

Bo‘limga 80 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 tasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarga to‘g‘ri keladi.

80 ta murojaatdan 78 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 24 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 54 tasiga huquqiy tushuntirish 2 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

 

3. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlarining tashkilotlar kesimi bo‘yicha.

O‘tkazilgan o‘rganishlar soni 5 ta bo‘lib, jami 5 ta tashkilotda o‘rganish o‘tkazilgan.

7 ta monitoring o‘tkazilgan.

Ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 15399 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Qonun buzilishi holatlarini tashkilotlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak:

Qurilish va arxitektura idoralarida - 402 ta;

Yer resurslari va davlat kadastrida – 5549 ta;

Bandlik va mehnat munosabatlari idoralarida-124 ta

Ta’lim muasasalari - 23 ta;

Sog‘liqni saqlash muassasalari da - 196 ta

Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlarida - 208 ta;

Boshqa kommunal xizmat ko‘rsatuvchi idoralarda - 7509 ta;

Boshqa idoralarda - 856 ta;

 

4. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari to‘g‘risida.

Hisobot davrida 17 ta taqdimnoma kiritilgan bo‘lib, shundan, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarning tashkilotlar kesimi bo‘yicha:

Yer resurslari va davlat kadastri idoralariga -13 ta;

Qurilish va arxitektura idoralariga - 2 ta;

Sog‘liqni saqlash muassasalariga - 2 ta;

17 ta taqdimnomadan 17 tasining ijrosi ta’minlangan bo‘lib, natijasida tashkilotlarning 7 ta xodimiga nisbatan Hayfsan va jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, sho‘ba tomonidan davlat tashkilotlarining tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablarini buzgaligi 174 ta nafar rahbar va ma’sul xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2155-moddasiga asosan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi.


Рўйҳатга қайтиш