Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya

boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi…

U M U M L A SH T I R I SH



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya

boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

U M U M L A SH T I R I SH

        Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

        Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

        Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga

2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 6 446 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan

1 236 tasi yozma, 9 tasi elektron, 2 676 tasi ogʻzaki, 1 024 tasi veb-sayt orqali, 1 501 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 1 215 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.

       


 

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar

2 310 taga (8 756 ta) yoki 26.4 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 6 446 ta murojaatlarning 3 013 tasi boshqarmaga,

3 433 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 3 013 ta (74 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 1 215 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 17 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 411 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,

2 612 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 354 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 4 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 17 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 100 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 260 taga (3 273 ta) yoki 8 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.



Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 133 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 1 066 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 251 tasi notariat va advokaturaga oid, 186 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 184 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 65 tasi yuridik ximzmatlar faoliyatiga oid, 46 tasi inson resurslari sohasiga oid, 38 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 10 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 34 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.



Boshqarmaga 2023-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 1 500 tasi shikoyat va 1 513 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 529 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 315 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 77 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 51 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,

48 tasi advokaturaga oid, 36 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 30 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 22 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 14 taси soliq sohasiga oid va 10 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Hisobot davrida kelib tushgan 3 013 ta murojaatlarning 2 612 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 700 tasi yoki 22.7 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 26.8 foizi) qanoatlantirilgan, 1 912 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 33 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 75 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 358 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 17 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 100 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 74 ta ariza-shikoyat, shundan 17 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).  


  Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 108 ta 2 mlrd. 621 mln. 278 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 96 ta taqdimnoma, 19 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 11 ta hujjat bekor qilingan,

19 nafar shaxs maʼmuriy va 10 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 27 mlrd. 906 mln. 222 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro S.To‘qboyevaning Koson tuman 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida dars taqsimoti belgilangan talablar asosida taqsimlanmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, normativ-huquqiy hujjat talablariga asosan qayta taqsimlanib, qo‘shimcha dars soatlari ajratib berildi.

Fuqaro J.Ro‘ziyevning Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy ko‘rik to‘lov asosida o‘tkazilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, Mehnat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, o‘qituvchilarni har yilgi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshirilishi lozim bo‘lsada, tegishli to‘lovlar undirilganligi yuzasidan Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, fuqaroning to‘lov qilgan puli birlashma tomonidan qaytarilib, o‘qituvchilarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish yuzasidan qonuniylik ta’minlandi.

Fuqaro F.Yodgarovaning bola parvarish ta’tili tugaganligi sababli viloyat Ekologiya boshqarmasiga o‘z ish joyiga ishga chiqishda to‘siqlar bo‘layotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, adliya boshqarmasi qonuniy aralashuvi natijasida fuqaroning o‘z ish o‘rniga ishga chiqishi haqida buyruq chiqartirilib, murojaat qanoatlantirildi.

Fuqaro A.Rahimovning Chiroqchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ishdan bo‘shatilganligidan so‘ng yakuniy hisob-kitob puli to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, fuqaroning manfaatini ko‘zlab FIB Chiroqchi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Da’vo natijasiga ko‘ra, fuqaroning manfaatiga 9,1 mln. so‘m pul undirish haqida hal qiluv qarori chiqarilib, murojaat qanotalantirildi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 51 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 44 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 38 ta, jami 133 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 89 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 44 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 118 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 6 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 5 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 3 tasi notariat va advokaturaga oid, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 72 tasi qanoatlantirilgan, 61 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 501 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 789 tasi qanoatlantirildi, 663 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 49 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yilning 9 oyi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 3 433 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 2 774 tasi shikoyat, qolgan

659 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2 050 taga (5 483 ta) yoki 37.4 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.  


Kelib tushgan 3 433 ta (oʻtgan yildan 48 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 3 143 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 2 414 tasi qanoatlantirilgan yoki 69,4 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 76,8 foizi) qanoatlantirilgan, 729 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 31 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 146 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 161 tasi qoldiq boʻlib qolgan. 


  Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:


  Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Chiroqchi tumaniga 448 ta, Koson tumaniga 290 ta, Nishon tumaniga 267 ta, Shahrisabz tumaniga 264 ta, Dehqonobod tumaniga 260 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Qarshi tumaniga 156 ta, Shahrisabz shahriga 151 ta, Yakkabog‘ tumaniga 133 ta, Muborak tumaniga 122 ta, Mirishkor tumaniga 100 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.  


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 272 ta taqdimnoma, 833 ta 13 mlrd. 567 mln. 393 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 10 ta maʼmuriy va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 8 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 29 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 103 mlrd.

092 mln. 701 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 859 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 1 638 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 84 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 2 581 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 2 541 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 40 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 1 958 tasi qanoatlantirilgan,

479 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 24 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 31 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 127 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 38 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar

1 687 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 170 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 40 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 38 tasi taʼlimga doir, 32 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, kommunal toʻlovlar va uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 21 tadan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan. 


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2023-yilning

9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;

5. Adliya bo‘limlari tomonidan “av.ijro.uz” dasturida ro‘yxatga olingan murojaatlar asosida hisobot tuzish, murojaatlarning turi, natijasini (qanoat, huquqiy tushuntirish, tugatish, tegishligiga ko‘ra yuborish) to‘g‘ri qayd etish, tegishli jurnallarda ro‘yxatga olish, ketma-ketligini buzmaslik kabi holatlarga jiddiy e’tibor qaratgan holda hisobot tuzish lozim boʻladi.

 

Rejalashtirish va

nazorat-tahlil sho‘basi



Рўйҳатга қайтиш