Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan
Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida
qilingan ishlar yuzasidan
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 290 ta murojaatlarning 200 tasi hal etilib, shundan 128 tasi qanoatlantirilgan, 72 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 80 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.
Kelib tushgan 276 ta murojaatlarning inson huquqlarini himoya qilishga,
10 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish hamda
4 tasi davlat xizmalari ko`rsatish yo`nalishiga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2023-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 48 tasi ariza, 242 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 14 ta o‘rganish va 53 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 139 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1133 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 55 ta taqdimnoma, 22 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 140 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 8 milliard 388 million 683 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 18 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 50 ta 839 millon 807 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 49 ta 559 million 907 ming so`mlik da`vo so`mmasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.
Koson tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 765 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 380 ta, ogʻzaki 277 ta va 108 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 18 takliflar berildi.