Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida

qilingan ishlar yuzasidan

  

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 182 ta murojaatlarning 174 tasi hal etilib, shundan 113 tasi qanoatlantirilgan, 35 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 9 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 18 tasi qoldiqda qolgan.

Kelib tushgan 182 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2023-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 25 tasi ariza, 157 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 14 ta o‘rganish va 86 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 120 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1260 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 62 ta taqdimnoma, 30 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 97 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 1 nafar shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan, 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 13 milliard 180 million 545 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 22 ta 975 millon 702 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 965 550 600 davo so`mmasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 503 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 278 ta, ogʻzaki 172 ta va 53 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 15 takliflar berildi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш