Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.10.2023

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sho‘basi tomonidan 2023 yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlari.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sho‘basi tomonidan 2023 yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlari.

Viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan bo‘limga joriy yilning o‘tgan davri davomida 186 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 115 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib hal etildi, 67 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborildi, ko‘rib chiqilib hal etilgan murojaatlarning
82 tasi qanoatlantirildi, 33 tasiga huquqiy tushuntirish berib hal etilgan.

Kelib tushgan 19 ta murojaatlarni o‘rganishda mutaxassislar jalb etilgan bo‘lsa, 1 ta murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida 4 ta sohada o‘rganish hamda 7 ta qonun hujjatining ijrosi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.  

O‘rganish va monitoring natijalari bo‘yicha jami 2175 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 5 ta ta’lim muassasalarida, soliq organlarida 9 ta, 16 ta elektr ta’minoti korxonalarida, 23 ta kadastr organlarida, 80 ta hokimliklarda, 250 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlarida, 620 ta sog‘liqni saqlash idoralarida, 1027 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralar hamda 145 ta boshqa tashklotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘rganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 88 ta taqdimnomalar, 22 ta ma’muriy takliflar yoki bayonnomalar, 48 ta ogohnomalar kiritilgan bo‘lsa, sudlarga 41 ta 1 mlrd, 996 mln so‘mlik da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 50 nafar shaxslar intizomiy, 21 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 159 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan.

Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 16 tasi ko‘rib chiqilib qanoatlantirilgan va sudning hal qiluv qarorlarida 314,2 mln. so‘m undirish belgilangan.

Bo‘lim tomonidan tashkilotlar faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 65 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 7 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularda qariyib 751 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Bo‘lim tomonidan jami 194 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 98 marta OAV orqali (15 ta televideniya,
17 ta radio, 34 ta gazeta va 32 ta veb-sayt orqali), 95 marotaba og‘zaki hamda
1 marotaba ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

 

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganish

sho‘basi

 


Рўйҳатга қайтиш