Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 260 ta murojaatning 209 tasi hal etilib, shundan 131 tasi qanoatlantirilgan, 78 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 12 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 10 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 30 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 3-chorak davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 39 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 398 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 37 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan (3 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari va 3 tasi tuman hokimi qarori loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari monitoring asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib, 53 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarori bandi hamda 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori bekor qilindi.

Shuningdek, Kadastr agentligining Dehqonobod tuman bo‘limini 69 ta qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida jami 14 ta o‘rganish va 69 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 147 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 2147 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 213 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 90 ta taqdimnoma, 44 ta ogohnoma va 30 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 49 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 9 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 54 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda Kadastr agentligining Dehqonobod tuman bo‘limini 69 ta qarorlari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 19 670 362 900 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
28 ta 880 223 151 so‘mlik da’vo arizasi sudga kiritilgan bo‘lib, shundan 27 ta 375 216 100 so‘mlik da’vo arizasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan hamda 1 ta 505 007 051 so‘mlik da’vo arizasi qoldiqda.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida jami 1174 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 862 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 270 tasi og‘zaki, 42 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш