Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

MUBORAK TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 122 ta murojaatning 94 tasi hal etilib, shundan 78 tasi qanoatlantirilgan, 16 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,

24 tasi ijroda (qoldiq) qolgan, 4 tasi taalluqligiga ko‘ra yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va
norma ijodkorligi boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tuman adliya bo‘limiga kelib tushmagan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan monitoringlar natijasi boʻyicha 11 ta taqdimnoma kiritilib, 53 ta normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan qaror va famoyishlar bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida jami 14 ta oʻrganishlar va 59 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 134 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 2001 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 188 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.
Xususan, 75 ta taqdimnoma, 38 ta ogohnoma va 23 ta maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda bayonnomalar rasmiylashtirilgan va
52 ta daʻvo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 18 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 53 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hujjatlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga koʻra muvofiqlashtirilgan, 2 737 920 600 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 23 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 3-choragi davomida jami 1425 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 1196 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 214 tasi ogʻzaki, 15 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.




Рўйҳатга қайтиш