Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi. Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 156

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 156 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 147 tasi hal etilib, shundan 118 tasi yoki 75,7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 80,3 foiz) qanoatlantirilgan, 29 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 30 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 915 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 17 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 3 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 45 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 14 ta o‘rganish va 50 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 182 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4 027 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 185 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 89 ta taqdimnoma va 44 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 52 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 89 ta taqdimnoma, 44 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 145 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 16 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 21 mlrd. 94 mln. 218,0 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 44 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 52 ta 1 mlrd. 833,7 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan, qoldiqda qolmagan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 1 456 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 029 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 257 tasi og‘zaki, 170 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 257 tasi manzilli targ‘ibot va 91 tasi uyma-uy borib

Рўйҳатга қайтиш