Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

G‘uzor tuman adliya bo‘limining 2023 yil 9 oyi davomida sarxisobi

G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 193 ta murojaatlarning 179 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 92,7 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 125 tasi yoki 69,8 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 54 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 11 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 3 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (8 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor   qabullar

Bo‘lim tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 38 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1025 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 14 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 14 tasi ham  qanoatlantirilgan.

Qonun hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan  bo‘lib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 38 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, shundan 1 ta  normativ tusdagi qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari  bo‘yicha

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 14 ta o‘rganish va 54 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 111 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1 961 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 222 ta ta’sir choralari qo‘llanildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 105 ta taqdimnoma 50 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 67 ta da’vo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 82 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish  va boshqa xujjatlar bekor qilingan.
                    Natijada
- 13 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 19 mlrd. 352 mln. 773 ming 100 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 48 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi bayonnoma va taklif keyingi chorakka qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 67 ta da’vo ariza va arizalar 1 mlrd. 295 mln. 427 ming 500  so‘mlik  manfaatdor shaxslar foydasiga undirish uchun kiritilgan bo‘lib, shundan 1 mlrd. 048 mln. 834 ming 700 so‘mlik   undirilgan bo‘lsa, 1 ta 246 mln 592 ming 800 so‘mlik da’vo arizasi keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 24 ta takliflar berilgan.
Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida jami 1338 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1011 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 243 tasi og‘zaki, 84 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 243 tasi manzilli targ‘ibot va 28 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

G‘uzor tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i                        Imzo                           M.Q. Salimov

Рўйҳатга қайтиш