G‘uzor tuman adliya bo‘limining 2023 yil 6 oyi davomida sarxisobi
G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 138 ta murojaatlarning 128 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 92,8 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 98 tasi yoki 76,6 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 30 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 7 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (8 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 25 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 698 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 9 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 9 tasi ham qanoatlantirilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib, 20 ta qaror va farmoyishlar, shundan 1 ta normativ tusdagi qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 42 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 76 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1 465 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 175 ta ta’sir choralari qo‘llanildi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 70 ta taqdimnoma 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 60 ta da’vo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 64 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.
Natijada
- 10 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 17 863 527 000 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 5 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi bayonnoma va taklif keyingi chorakka qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 60 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 273 419 600 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.
Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 16 ta takliflar berilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida jami 1014 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 774 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 181 tasi og‘zaki, 59 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 181 tasi manzilli targ‘ibot va 20 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
G‘uzor tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i
M.Q. Salimov
05.07.2023 yil