Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

QASHQADARYO VILOYAT

ADLIYA BOSHQARMASI

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan

kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

U M U M L A Sh T I R I Sh



      

  Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

        Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

        Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 4 314 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan

784 tasi yozma, 5 tasi elektron, 1 830 tasi ogʻzaki, 664 tasi veb-sayt orqali,

1 031 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 756 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.

      

 

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar

1 864 taga (6 178 ta) yoki 30.2 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 4 314 ta murojaatlarning 2 031 tasi boshqarmaga,

2 283 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 2 031 ta (74 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 756 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 17 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 030 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,

1 732 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 269 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 2 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 14 tasi koʻrmasdanqoldirilgan, 88 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 21 taga (2 010 ta) yoki 1.1 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan jami murojaatlarining 812 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 738 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 162 tasi notariat va advokaturaga oid, 132 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 86 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 35 tasi yuridik ximzmatlar faoliyatiga oid, 26 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 19 tasi inson resurslari sohasiga oid, 3 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 18 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.

Boshqarmaga 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarning 1 238 tasi shikoyat va 793 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 483 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 212 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 62 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 45 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,

37 tasi advokaturaga oid, 28 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 23 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 18 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, soliq va bank sohasiga oid 9 tadan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Hisobot davrida kelib tushgan 2 031 ta murojaatlarning 1 732 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 473 tasi yoki 23.3 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 27.3 foizi) qanoatlantirilgan, 1 259 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 15 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 52 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 271 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 14 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 88 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 74 ta ariza-shikoyat, shundan 17 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).

 


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 68 ta 757 mln. 489 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 49 ta taqdimnoma, 8 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 10 ta hujjat bekor qilingan, 8 nafar shaxs maʼmuriy va 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 14 mlrd. 975 mln. 483 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro G‘.Ruziboyev mehnat daftarchasi viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, taqdim etilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati bo‘yicha FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi.

Da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi sababli butun kechiktirilgan davr uchun o‘rtacha oylik ish haqi to‘lash majburiyati yuklandi va 3 mln. so‘m ma’naviy zarar undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.

Fuqaro B.Ziyadullayevning ustama pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati bo‘yicha viloyati Tabiat resurslari boshqarmasiga nisbatan FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi va sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirilib, ustama pulini tashkilotdan undirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan.

Qarshi shahar 14-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Sh.Umirovaning toifasi bo‘yicha haq to‘lanishida amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaati bo‘yicha Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi va taqdimnoma natijasida to‘lanmay qolgan toifa pullari to‘lab berilgan.

Fuqaro O‘.Abdullayevaning otasi vafot etganligi munosabati bilan uning ish joyidan berilishi lozim bo‘lgan moddiy yordam pulini olishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaat bo‘yicha Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga so‘rov xati yuborilgan.

So‘rov xatining natijasiga ko‘ra, fuqaro O‘.Abdullayevaga otasining vafot etganligi munosabati bilan uning ish joyidan bir martalik moddiy yordam puli to‘lab berildi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 37 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 29 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 28 ta, jami 94 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 65 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 29 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 85 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 4 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda notariat va advokaturaga oid 2 tadan, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 51 tasi qanoatlantirilgan, 43 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 031 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 487 tasi qanoatlantirildi, 469 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 75 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yilning

1-yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 2 283 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 1 791 tasi shikoyat, qolgan

492 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1 885 taga (4 168 ta) yoki 45.2 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan 2 283 ta (oʻtgan yildan 48 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 2 061 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 1 563 tasi qanoatlantirilgan yoki 68,5 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 75,8 foizi) qanoatlantirilgan, 498 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 29 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 82 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 159 tasi qoldiq boʻlib qolgan.


Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:


Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Chiroqchi tumaniga 203 ta, Shahrisabz tumaniga

190 ta, Nishon tumaniga 186 ta, Koson tumaniga 181 ta, Qamashi tumaniga

177 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Shahrisabz shahriga 115 ta, Qarshi tumaniga 109 ta, Yakkabog‘ tumaniga 91 ta, Muborak tumaniga 73 ta, Mirishkor tumaniga 70 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 193 ta taqdimnoma, 628 ta 7 mlrd. 580 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 8 ta maʼmuriy va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 7 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 28 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 6 mlrd. 063 mln. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 620 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 1 070 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 74 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 1 764 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 1 744 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 20 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 1 304 tasi qanoatlantirilgan,

330 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 17 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 20 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 131 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 38 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar

1 016 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 90 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 25 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 24 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 22 tasi taʼlimga doir, 17 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan, 12 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2023-yilning

1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;

5. Adliya bo‘limlari tomonidan “av.ijro.uz” dasturida ro‘yxatga olingan murojaatlar asosida hisobot tuzish, murojaatlarning turi, natijasini (qanoat, huquqiy tushuntirish, tugatish, tegishligiga ko‘ra yuborish) to‘g‘ri qayd etish, tegishli jurnallarda ro‘yxatga olish, ketma-ketligini buzmaslik kabi holatlarga jiddiy e’tibor qaratgan holda hisobot tuzish lozim boʻladi.

 

Rejalashtirish va

nazorat-tahlil sho‘basi


Рўйҳатга қайтиш