Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 2-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 70 ta murojaatlarning 67 tasi hal etilib, shundan 53 tasi yoki 75.7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 79,1 foiz) qanoatlantirilgan, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, tegishligi bo’yicha 2 ta murojaatlar yuborilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 2-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 24 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 5 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 2-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 6 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 23 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jami 5 ta o‘rganish va 35 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 64 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 994 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 84 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 37 ta taqdimnoma va 14 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 33 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Natijada 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 7 mlrd 902 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 33 ta
1 875 050 100 so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 32 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi qoldiqda qolgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 2-chorak davomida jami 580 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 330 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 154 tasi og‘zaki, 96 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 154 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш