Muborak tuman adliya: 2023-yil 2-chorak sarhisobi.
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 73 ta murojaatning 46 tasi hal etilib, shundan 38 tasi qanoatlantirilgan, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
27 tasi ijroda (qoldiq) qolgan, 1 tasi taalluqligiga ko‘ra yuborilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va
norma ijodkorligi boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
2 tasi (2 tasi tuman hokimining qarori)ga rozilik vizasi qoʻyilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan monitoringlar natijasi boʻyicha 6 ta taqdimnoma kiritilib, 26 ta normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan qaror va famoyishlar hamda Kadastr agentligi Muborak tuman bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida 32 ta noqonuniy qabul qilingan qarorlar bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-choragi davomida jami 5 ta oʻrganishlar va 37 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 71 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 970 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 107 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.
Xususan, 36 ta taqdimnoma, 24 ta ogohnoma va 15 ta maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda bayonnomalar rasmiylashtirilgan va
32 ta daʻvo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 15 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 26 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hujjatlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga koʻra muvofiqlashtirilgan, 1 019 407 500 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 15 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-choragi davomida jami 1073 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 914 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 147 tasi ogʻzaki, 12 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.
Muborak tuman adliya boʻlimi boshligʻi H.Achilov