Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 177 ta murojaatlarning 168 tasi hal etilib, shundan 129 tasi qanoatlantirilgan, 35 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 3 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.
Kelib tushgan 177 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2023-yilning 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 54 tasi ariza, 123 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 32 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 58 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1068 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 94 ta taqdimnoma, 22 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 64 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 19 milliard 157 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 20 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 83 ta 301 millon 294 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 57 663 446 davo so`mmasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.
Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 556 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 389 ta, ogʻzaki 130 ta va 37 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.