Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 155 ta murojaatning 153 tasi hal etilib, shundan 114 tasi yoki 74,5 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128 taga kamaygan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 857 mln 227 ming so‘mlik 94 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 22 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1200 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 84 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan 4 ta monitoringlarda jami 629 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 8 ta taqdimnoma kiritildi va 537 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 95 tashkilotlarda 5 ta o‘rganish va 34 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 2648 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyida jami 233 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 75 ta ogohnoma, 21 ta ma’muriy, 94 ta da’vo ariza, 43 ta taqdimnoma kiritilgan. Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 2 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 21 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida jami 736 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 517 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 189 tasi og‘zaki, 30 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 62 tasi manzilli targ‘ibot va 64 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 13 ta takliflar berildi.
Kasbi tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i
M.Abdurasulov