MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 41 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 27 tasi hal etilib, shundan 22 tasi yoki 53,6 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 81,8 foiz) qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, qoldiqda 13 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 8 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 3 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 21 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jami 3 ta o‘rganish va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 46 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 398 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 48 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 20 ta taqdimnoma va 3 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 25 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 20 ta taqdimnoma, 3 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 21 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.
Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 270 mln.
566,7 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 25 ta 225 mln. 050,1 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 12 tasi qanoatlantirilgan, 13 tasi qoldiqda qolgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jami 284 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 164 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 74 tasi og‘zaki, 46 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 74 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.