Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2023

QARSHI TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 1-CHORAK SARHISOBI

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 62 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 37 tasi hal etilib, shundan 26 tasi yoki 41,9 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 70,3 foiz) qanoatlantirilgan, 11 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, qoldiqda 27 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 9 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 315 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 10 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 27 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jami 3 ta o‘rganish va 19 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 72 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 886 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 71 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 39 ta taqdimnoma va 7 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 25 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 39 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 41 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 845 mln.
744,5 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 25 ta 307 mln. 274,1 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 21 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasi qoldiqda qolgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jami 527 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 400 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 73 tasi og‘zaki, 54 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 73 tasi manzilli targ‘ibot va 21 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш