2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya
boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik
shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan
U M U M L A SH T I R I SH
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.
Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 10 618 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 3 119 tasi yozma, 4 tasi elektron, 5 765 tasi ogʻzaki, 20 tasi veb-sayt orqali, 1 710 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 824 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar
2 394 taga (8 224 ta) yoki 29.1 foizga koʻpaygan boʻlib, koʻpayganligining asosiy sababi sifatida Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasining adliya boshqarmasiga qoʻshilishi hamda aholi tomonidan adliya organlariga boʻlgan ishonch ortayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami 10 618 ta murojaatlarning 4 242 tasi boshqarmaga,
6 376 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqarma faoliyati boʻyicha:
Boshqarmaga kelib tushgan 4 242 ta (56 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 824 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 5 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 751 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib, 3 643 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 555 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 9 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 17 tasi koʻrmasdanqoldirilgan, 74 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1 428 taga (2 814 ta) yoki 50.7 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 730 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 1 003 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 618 tasi inson resurslari sohasiga oid, 413 tasi notariat va advokaturaga oid, 250 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 68 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 64 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 16 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid, 6 tasi davlat xizmatlari markazlari faoliyatini raqamlashtirishga oid hamda 74 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.
Boshqarmaga 2022-yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 2 095 tasi shikoyat, 2 144 tasi ariza va 3 tasi taklif shaklidagi murojaatlar hisoblanadi.
Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 541 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 494 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 146 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 125 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,
44 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 43 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 41 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 39 tasi advokaturaga oid, 26 tasi nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga oid,
25 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 4 242 ta murojaatlarning 3 643 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 1 183 tasi yoki 27.5 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan
32.5 foizi) qanoatlantirilgan, 2 460 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 27 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 34 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 564 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 17 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 74 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 56 ta ariza-shikoyat va 5 ta “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 142 ta 1 mlrd. 734 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 88 ta taqdimnoma, 19 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 20 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 3 ta hujjat bekor qilingan, 14 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 2 mlrd. 223 mln. soʻmlik soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.
Misol uchun, fuqaro R.Jalilovning ish haqlari toʻliq toʻlab berilmaganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish natjasida xodim R.Jalilovga ish haqi toʻliq toʻlab berilmaganligi aniqlanib, 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasida 7,3 mln. soʻm ish haqlari toʻlab berildi va ish beruvchi X.Karimova MJtKning 49-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida maʼmuriy jarimaga tortildi.
Qarshi transport tehnikumi xodimlari N.Nabiyeva va boshqalarning texnikum tugatilganligi uchun yakuniy hisob-kitob pullari toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, ishdan boʻshatish nafaqalari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Shunga koʻra, 11 nafar fuqaroning manfaatini koʻzlab, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida FIB Qarshi tumanlararo sudiga arizalar kiritildi hamda sud tomonidan qanoatlantirildi.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining
12 nafar xodimlari ustama pullari toʻlanmayotganligi haqida murojaat qilishgan.
Shunga koʻra, fuqarolar manfaatini koʻzlab, FIB Qarshi tumanlararo sudiga 12 ta daʼvo arizalari kiritildi va sud tomonidan ushbu daʼvo arizalari qanoatlantirilishiga erishildi.
Fuqaro U.Nuriyevaning Qarshi temir yoʻl shifoxonasi mehnat shartnomasini noqonuniy bekor qilinganligi uchun oʻz ish joyiga tiklashni soʻrab qilgan murojaatiga asosan fuqaro manfaatini koʻzlab, FIB Qarshi tumanlararo sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilindi.
Mazkur daʼvo ariza sud tomonidan koʻrib chiqilib, qanoatlantirildi hamda fuqaro U.Nuriyeva oʻz ish joyiga tiklanishi taʼminlandi.
Fuqaro B.Bahromova va boshqalarning 5 foizlik qoʻshimcha toʻlovlar toʻlab berilmaganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Natijasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
18-oktabrdagi PF–6324-son Farmoniga asosan oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshirib toʻlanmaganligi holati aniqlanib, Qarshi tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasida B.Bahromova va boshqa 4 nafar xodimlarga
9,9 mln. soʻm ustama pullari toʻlab berildi.
Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 68 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 172 ta,
jami 240 ta murojaatlar qabul qilingan.
Boshqarma rahbariyati tomonidan 65 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 172 tasi sayyor qabulda, 3 tasi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 196 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 29 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 13 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hamda 2 asi huquqni qoʻllash amaliyotiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 121 tasi qanoatlantirilgan, 119 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishligiga koʻra yuborilgan (4 tasi oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan).
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 710 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 382 tasi qanoatlantirildi, 1 301 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 27 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.
Boshqarma tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:
Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 6 376 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 4 139 tasi shikoyat, qolgan 2 237 tasi ariza shaklida hisoblanadi.
Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 966 taga (5 410 ta) yoki 17.8 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan 6 376 ta (oʻtgan yildan 23 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 6 239 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 5 005 tasi qanoatlantirilgan yoki 78,2 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 80,2 foizi) qanoatlantirilgan, 1 234 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 25 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 87 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 48 tasi qoldiq boʻlib qolgan.
Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:
Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Kitob tumaniga 591 ta, Gʻuzor tumaniga 583 ta, Shahrisabz tumaniga 512 ta, Qamashi tumaniga 509 ta, Nishon va Chiroqchi tumanlariga 482 tadan kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Qarshi shahriga 333 ta, Mirishkor tumaniga 299 ta, Koson tumaniga 298 ta, Muborak tumaniga
229 ta, Koʻkdala tumaniga 93 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 202 ta taqdimnoma, 1 994 ta
16 mlrd. 180 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 17 ta maʼmuriy va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 13 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 18 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 23 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 16 mlrd.
866 mln. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.
Adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 2 086 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
2 783 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 273 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 153 tasi taʼlimga doir, 80 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan,
19 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan, 16 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 14 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosini “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;
2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;
3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;
4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash lozim boʻladi.
Rejalashtirish va samaradorlikni
baholash boʻlimi