Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 10 618 ta murojaatning 9 882 tasi hal etilib, shundan 6 188 tasi yoki 62,6 foizi qanoatlantirildi, 3 694 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 824 ta murojaatning 796 tasi hal etilib, shundan 335 tasi yoki 42,1 foizi qanoatlantirildi, 461 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 239 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 263 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 147 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 25 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 960 ta takliflar ishlab chiqildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 286 ta oʻrganish va 1 505 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 4 138 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
123 234 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 4 406 ta taqdimnoma, 753 ta maʼmuriy va 5 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 7 081 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 1 239 nafar shaxs intizomiy (shundan 16 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 702 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 10 630 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 50 ta qaror ijrosi toʻxtatildi, shuningdek,
41 mlrd. 019 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 23 mlrd. 725 mln. soʻmlik 2 671 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 22 mlrd. 798 mln. soʻmlik 2 530 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2022-yil 30-dekabr holatiga koʻra jami
555 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 365 tasi davlat roʻyxatiga, 190 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
187 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 185 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2022-yil 30-dekabr holatida jami
412 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 261 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 8 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 123 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha
Markazlar tomonidan jami 272 542 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.
Ushbu hujjatlardan 248 121 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 24 421 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.
Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 421 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 84 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha
Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 896 838 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 780 878 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali,
115 960 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 826 875 tasi hal etilgan va 69 963 tasi rad etilgan.
FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 99 428 ta
(51 875 ta oʻgʻil, 37 553 ta qiz) tugʻilish, 32 213 ta nikoh, 3 493 ta nikohdan ajralish, 17 617 ta oʻlim, 5 433 ta otalikni belgilash,
369 ta farzandlikka olish, 1 618 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 4 mlrd.
280 mln. soʻmlik davlat boji, 6 mlrd. 186 mln. soʻmlik gerb yigʻimi hamda 3 mlrd. 830 mln. soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 28 934 ta, shundan 20 105 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 7 286 tasi ogʻzaki, 1 543 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 974 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 6 648 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi