Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat holati boʻyicha 2022-yil sarhisobi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlari tomonidan 2022-yil davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan jami 28 mingdan ortiq (28 934 ta) targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlarining 20 105 tasi OAV (shundan 509 tasi televidenie, 463 tasi radio, 1 463 tasi gazeta va jurnallarda, 17 670 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali), 7 286 tasi og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari hisoblanadi.

Viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti va shu nomdagi telegram hamda “facebook” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari shuningdek, boshqarma tizimidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan viktorina shaklida savol-javoblar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, imkon qadar qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va ko‘plab fuqarolarni qamrab olish maqsadida Adliya boshqarmasi tomonidan viloyat teleradiokompaniyasi, “Nasaf tv” hamda respublikaning “Sevimli tv”, “Mening yurtim tv” va “Yoshlar tv” kanallari bilan shuningdek, viloyat “Oltin voha” radioasi bilan faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

Xususan, Boshqarma va “Sevimli tv” hamkorlikda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan vediolar tayyorlanib “Xabarlar” teledasturida efirga uzatilmoqda.

Bundan tashqari, dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Muloqot” va “Fayzli kun” tedasturlari orqali chiqishlar qilinmoqda.

Shuningdek, “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali yoritilmoqda.

Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro” va “Avto hamroh” eshittirishlari orqali haftada ikki marotaba eshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda.

Bundan tashqari, boshqarma va bo‘limlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) kesimida joriy yilning 30 may kuni shtatlar tuzildi.

Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dastur ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha 1 000 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-avgustdagi 191-um-son “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jami 362 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Shundan 3 ta televedeneye, 4 radio, 4 gazeta 121 marotaba veb-sayt va
232 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda targ’ibotlar tashkil etildi.

Jumladan boshqarma mas’ul xodimi J.Norovning Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan “O‘zbekiston24” radiosining “Axborot24” eshittirishida efirga uzatildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirish maqsadida ishchi guruh tuzulib viloyat miqyosida targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Jumladan, ishchi guruh tomonidan, 59 ta davlat organlari va tashkilotlarining viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining 1 620 nafar xodimlarini qamrab olgan holda jami 25 marotaba manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida 529 ta MFYlarda 4581 dan ortiq fuqarolar o‘rtasida suhbat o‘tkazilib, 4089 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 836 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga olinib, 430 tasi hal etildi.

Bundan tashqari, har xaftada boshqarma mas’ul xodimlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatgan holda fuqarolarga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga (asosan, huquqiy yordamga) muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi.

Jumladan, o‘tgan davr mobaynida mahallalarda, uyma-uy yurgan holda
4 000dan ziyod (xotin-qizlar) fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, fuqarolarga subsidiya, pensiya va nafaqa, tadbirkorlik, mehnat va migratsiya masalalari, yer qonunchiligi yuzasidan, soliq va kommunal to‘lovlar hamda boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan nafaqa va moddiy yordam, tadbirkorlik, mehnat qonunchiligi, uy-joy oldi-sotdisi, farzandlikka olish, biometrik pasportni rasmiylashtirish va boshqa shu kabi masalalarga oid 1 000 dan ortiq munosabatlar bildirilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berib kelinmoqda.


Рўйҳатга қайтиш