Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

Shahrisabz shahar adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 349 ta murojaatlarning 349 tasi hal etilib, shundan 267 tasi yoki 76,5 foizi qanoatlantirilgan, 81 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 35 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 214 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 102 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 11 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 4 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 7 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 60 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 131 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 9911 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 740 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, аniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 229 ta taqdimnoma, 23 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 338 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 1 641 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 30 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 713 mln. 549,3 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 23 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 150 ta
987 mln. 249,6 ming. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1365 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 985 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 307 tasi og‘zaki, 73 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 276 tasi manzilli targ‘ibot va 31 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Shahrisabz shahar adliya bo‘limi 



Рўйҳатга қайтиш