Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

Muborak tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 229 ta murojaatning 228 tasi hal etilib, shundan 188 tasi qanoatlantirilgan, 40 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta tegishliligiga koʻra yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va

norma ijodkorligi boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
10 tasi (8 tasi hokimlik qaror loyihalari, 2 tasi tuman Xalq deputatlari Kengashining qarori)ga rozilik vizasi qoʻyilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 15 ta taqdimnoma kiritilib, 2 ta normativ-huquqiy qaror, 9 ta normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan qarorlarning bandlari bekor qilingan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta oʻrganishlar va 65 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 279 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 7896 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 586 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 171 ta taqdimnoma, 273 ta ogohnoma va 22 ta maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 120 ta daʻvo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 40 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 11 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining,
823 boshqa tashkilotlarning hujjatlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga koʻra muvofiqlashtirilgan,  890 923 500 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 21 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilgan hamda 1 ta maʼmuriy taklif ijroda turibdi.

Boʻlim tomonidan kiritilgan 120 ta daʼvo hamda sud arizalari natijasida 120 nafar jismoniy shaxslarga 882 287 000 soʻm pul mablagʻlarini undirib berish toʻgʻrisida sud buyruqlari va hal qiluv qarorlari chiqarilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida jami 1712 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 1490 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 201 tasi ogʻzaki, 21 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 201 tasi manzilli targʻibot va 22 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Muborak tuman adliya
boʻlimi
 


Рўйҳатга қайтиш