Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

Qarshi tuman adliya: 2022-yil sarhisobi

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 362 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 361 tasi hal etilib, shundan 323 tasi yoki 89,2 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 89,5 foiz) qanoatlantirilgan, 38 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda
2 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 50 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 587 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 151 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 15 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 15 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 7 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 4 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 78 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 451 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 18 256 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 965 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 290 ta taqdimnoma, 435 ta ogohnoma va 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan va 3 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 181 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 290 ta taqdimnoma, 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 435 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 433 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 72 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (2 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 1 mlrd. 947 mln. 628,1 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 56 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 181 ta
1 mlrd. 291 mln. 353,2 ming. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 2 116 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 314 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 524 tasi og‘zaki, 278 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 524 tasi manzilli targ‘ibot va 158 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Qarshi tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш