Huquqiy xizmatlar boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar
Huquqiy xizmatlar boʻlimi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 934 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Boʻlimga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 413 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 86 ta murojaat qanoatlantirilgan, 275 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 10 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 42 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Boʻlim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 33 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 6 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.
Shuningdek, boʻlim tomonidan 2022-yil davomida notarial idoralarda 51 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 1 nafarxususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kun muddatgatoʻxtatildi.
Bundan tashqari boʻlim tomonidan viloyatdagi 13 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 13 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati 1 oydan 2 oygacha muddatga toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2022-yil davomida boʻlim tomonidan 118 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 33 tasi radio va televideniya, 42 ta gazeta, 43 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 101 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida
4167 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Boʻlim tomonidan 2022-yil mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 30-dekabr kuniga qadar jami412 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan boʻlib, shundan joriy yilning 1-yanvar holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 261 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 123 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2022-yil davomida berilgan litsenziyalar
soni 48 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 15 tani tashkil qiladi.
2022-yil davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 136 tani, shundan advokatlik byurolari 114 tani, advokatlik firmalari 18 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami20 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni 37 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 19 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 51 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga koʻmaklashildi.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2022-yil davomida jami 12 ta yigʻilish oʻtkazilib, undajami
174 ta malaka komissiyasi muhokamasigaoidmasalalarmuhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 174 ta masaladan 11 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 151 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 12 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Malaka komissiyasining 2022-yil davomida oʻtkazilgan yigʻilish muhokamalar natijasida jami 42 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilib, shundan
33 tasi ogohlantirish, 4 tasi litsenziyani toʻxtatib turish, 5 tasi litsenziyani tugatish bilan bogʻliq intizomiy jazo choralariga toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga, 2022-yil davomida talabgorlarga berilgan 48 ta litsenziyalar uchun jami 6.915.000 soʻm davlat boji, 48 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 3.457.500 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 239 ta (boshqarma tomonidan 14 ta, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 225 ta) qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan boʻlib, shundan 225 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, rozilik imzolari qoʻyilgan.
Yuridik xizmatlar sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini boʻyicha jami 102 nafar yuridik xizmat xodimlari belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 2022-yil davomida 32 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib,ulardan30 nafari attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan boʻlsa, 2 nafari attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi boʻyicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2022-yil davomida 22 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish boʻyicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilgan, shundan 22 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berilgan.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi boʻyicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qatʻiy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.
Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari boʻyicha kelishish komissiyasi tomonidan 35 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimga tayinlash boʻyicha suhbat oʻtkazilib, natijasiga koʻra 29 nafar yuridik xizmat xodimi boʻyicha rozilik berilgan boʻlsa, 6 nafar nomzodlar suhbatdan oʻtmagan deb topilgan.
Bundan tashqari, 15 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati sohasida:
Joriy yil davomida Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarning 272 542 ta yuridik tusdagi hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 248 121 tasiga qonun hujjatlariga muvofiqligi sababli ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, 24 421 ta hujjat qonun hujjatlariga zidligi sababli rad etilgan.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 421 talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan tumanlararo Iqtisodiy sudlarga 84 tadaʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar hodimlarini huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida
14 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari olib borildi.
Huquqiy xizmatlar boʻlimi