Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2022

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2022-YIL 3-CHORAK SARHISOBI.

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Shunga koʻra, 2022-yilning 3-choragi yakuni boʻyicha jismoniy shaxslardan jami boʻlib 318 ta murojaatning deyarli barchasi hal etilib, shundan 171 tasi qanoatlantirilgan, 126 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7 tasi tegishliligi boʻyicha yuborildi.
Bundan tashqari, 78 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 22 tasi Qashqadaryo viloyati Issiqlik manbai davlat unitar korxonasi xodimlarining oylik ish haqlari hamda 11 tasi shahar qurilish bo‘limi xodimlarining oylik ish haqlarini undirib berish yuzasidan sud buyrugʻiga ariza kiritilib, undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi. Shuningdek, 18 tasi mahalla xodimlarining oylik ish haqlariga ustama, 21 tasi xalq ta’limi xodimlarining oylik ish haqlariga ustam haqlari, 2 tasi yuridik faktni belgilash, 3 tasi pensiya miqdirini oshirish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizalari ham qanoatlantirildi.
Boʻlim tomonidan jami 8 ta oʻrganishlar va 54 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 154 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 3672 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 461 ta tegishli taʼsir choralari, xususan, 193 ta taqdimnoma, 250 ta ogohnoma va 18 ta maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 72 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 18 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlarga normativ-huquqiy xujjatlarni yetkazilishi yuzasidan 40 ta tashkilotlarga 908 ta xujjatlar yetkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 10 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha qonunbuzilish holatlari yuzasidan 8 ta taqdimnoma kiritilib, 7 ta hokim qarorlari bekor qilingan.
Shuningdek, Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 3-choragi davomida jami 1212 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 905 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 266 ta ogʻzaki, 41 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Qarshi shahar adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш