Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha hamda bo‘lim tomonidan qilingan ishlar yuzasidan
Bo‘limga 2022 ilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 415 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib veb-sayt va Adliya boshqarmasi orqali kelib tushmagan.
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha:
Bo‘limga kelib tushgan 415 ta murojaatdan 398 tasi bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgan, 7 ta murojaat ish jarayonida, 10 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan.
Kelib tushgan 415 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2022 ilning 3-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning 93 tasi ariza, 322 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Ushbu davrda qabul qilingan shikoyatlar xususiyati bo‘yicha ko‘rib chiqilganda, murojaatlar 128 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 18 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 415 ta murojaatning 398 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 308 ta murojaat qanoatlantirildi.
Murojaatlarning 90 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘limi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 27 ta takliflar berilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan 10 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 166 ta idoralar o‘rganilib ularni o‘rganish natijasida jami 10 074 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 167 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib shundan, 10 tasi o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan. Bo‘lim tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida 1 020 400 400 so‘m mablag‘lar qaytarilgan, 28 ta shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 516 ta ogohnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 875 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasi televideniya orqali, 16 tasi radio orqali, 25 tasi gazeta va jurnallar orqali hamda 828 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 278 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot va 54 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, ularda jami 3 208 nafar tiglovchilar ishtirok etgan.
Yakkabog‘ tuman
adliya bo‘limi