Qarshi shahar adliya bo‘limining 2022 yilning 1-yarim yili davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA’LUMOTNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida “tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha axborot taqdim etadi” degan koʻrsatmadan kelib chiqqan holda, Qarshi shahar adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida boʻlimda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati oʻrganildi.
Shunga koʻra, 2022-yilning 2-choragi yakuni boʻyicha jismoniy shaxslardan jami boʻlib 236 ta murojaatning deyarli barchasi hal etilib, shundan 160 tasi qanoatlantirilgan, 42 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7 tasi tegishliligi boʻyicha yuborildi.
Bundan tashqari, 73 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 22 tasi Qashqadaryo viloyati Issiqlik manbai davlat unitar korxonasi xodimlarining oylik ish haqlari hamda 11 tasi shahar qurilish bo‘limi xodimlarining oylik ish haqlarini undirib berish yuzasidan sud buyrugʻiga ariza kiritilib, undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi. Shuningdek, 15 tasi mahalla xodimlarining oylik ish haqlariga ustama, 21 tasi xalq ta’limi xodimlarining oylik ish haqlariga ustam haqlari, 3 tasi pensiya miqdirini oshirish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizalari ham qanoatlantirildi.
Boʻlim tomonidan jami 5 ta oʻrganishlar va 43 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 125 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 2143 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 430 ta tegishli taʼsir choralari, xususan, 162 ta taqdimnoma, 250 ta ogohnoma va 18 ta maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 68 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 16 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlarga normativ-huquqiy xujjatlarni yetkazilishi yuzasidan 40 ta tashkilotlarga 584 ta xujjatlar yetkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 5 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha qonunbuzilish holatlari yuzasidan 6 ta taqdimnoma kiritilib, 4 ta hokim qarorlari bekor qilingan.
Shuningdek, Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jami 1185 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 883 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 266 ta ogʻzaki, 36 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.
Qarshi shahar adliya boʻlimi