Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08.07.2022

Huquqiy xizmatlar bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar...

Huquqiy xizmatlar bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, sifatli davlat xizmati ko‘rsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1, 2-choragi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 356 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlandi.

Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 195 ta murojaati o‘rganilib, ularning ijrosi ta’minlandi. Shundan 48 ta murojaat qanoatlantirilgan, 121 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 8 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 15 ta murojaatlar taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 3 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 22 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 4 ta xizmat tekshiruvi o‘z tasdig‘ini topgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida notarial idoralarda 30 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 1 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Huquqiy targ‘ibot sohasida 2022-yilning 6 oyi davomida bo‘lim tomonidan 60 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 14 tadan radio va televideniya, 25 ta gazeta, 21 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 61 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirilib, ushbu targ‘ibot tadbirlarida
2367 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida bo‘layotgan islohotlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1, 2-choragi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 1-iyul kuniga qadar jami 387 ta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan bo‘lib, shundan joriy yilning 1-iyul kuni holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 248 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 117 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2022-yilning 1, 2-choragi davomida berilgan litsenziyalar
soni 23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 9 tani tashkil qiladi.

Joriy yilning 1-iyul holatida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni
128 tani, shundan advokatlik byurolari 107 tani, advokatlik firmalari 17 tani hamda advokatlar hay’atlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining joriy yilning I - II choraklarga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan jami 7 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni 14 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 7 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-iyul kuniga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 31 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘qitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga ko‘maklashildi.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2022-yilning 1, 2-choragi davrida jami 6 ta yig‘ilish o‘tkazilib, unda jami 77 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan 77 ta masaladan 5 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 66 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish hamda 6 tasi advokat qasamyodini qabul qilish bo‘yicha muhokama qilingan.

Malaka komissiyasining 2022-yilning 1, 2-choragi davrida o‘tkazilgan yig‘ilish muhokamalar natijasida jami 21 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, shundan 16 tasi ogohlantirish, 2 tasi litsenziyani to‘xtatib turish, 3 tasi litsenziyani tugatish bilan bog‘liq intizomiy jazo choralariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 1-iyul holatida talabgorlarga berilgan 23 ta litsenziyalar uchun jami 3.165.000 so‘m davlat boji, 23 ta arizani ko‘rib chiqish uchun jami 1.582.500 so‘m miqdorida to‘lov undirilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:

Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yilning 6 oyi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 101 ta (boshqarma tomonidan 8 ta, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 93 ta) qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan bo‘lib, shundan 100 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, rozilik imzolari qo‘yilgan.

Yuridik xizmatlar sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ijrosini bo‘yicha jami 84 nafar yuridik xizmat xodimlari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2022-yil I–II choragi davomida
9 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, ulardan 8 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan bo‘lsa, 1 nafari attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2920, 28.08.2017 yil) ijrosi bo‘yicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2022-yil I–II choragi davomida 15 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilgan, shundan 14 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berilgan.

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi bo‘yicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.

Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari bo‘yicha kelishish komissiyasi tomonidan 21 nafar yuridik xizmat xodimlari bo‘yicha lavozimga tayinlash bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra 20 nafar yuridik xizmat xodimi bo‘yicha rozilik berilgan bo‘lsa, 1 nafar nomzodlar suhbatdan o‘tmagan deb topilgan.

Bundan tashqari, 12 nafar yuridik xizmat xodimlari bo‘yicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.

 

 

         Huquqiy xizmatlar bo‘limi          


Рўйҳатга қайтиш