Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Adliya xabari

ADLIYAGA RAHMAT❗️❗️

Yakkabog'lik fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi qayta tiklab berildi

Yakkabog‘ tumanining tog‘li hududida joylashgan "Darxon" MFYda yashovchi 70 yoshli onaxon Avloqulova Hayitgul momo tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi FHDYning yagona elektron arxiv bazasida mavjud bo‘lmagani sababli ancha tashvishga tushdi.

Bir necha yil avval Hayitgul momo nomiga avtomashina rasmiylashtirilgan bo‘lib, farzandlari ushbu transport vositasini sotish maqsadida notarial idoraga murojaat qilishganida, onaxonning tug‘ilganligi haqidagi ma’lumot bazada mavjud emasligi sabab oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng ular Yakkabog‘ tuman FHDY bo‘limiga murojaat qilishdi. Bo‘lim mudirasi tavsiyasiga asosan zarur hujjatlar yig‘ilib, FHDY arxiv kitoblari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.

Izlanishlar natijasida Hayitgul momoning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta tiklanib, tantanali ravishda egasiga topshirildi.

Hayitgul momo bugungi kundagi qulayliklar, adliya organlari xodimlarining tezkor va sifatli xizmatidan mamnun ekanligini bildirib, yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Adliya vazirligiga alohida minnatdorlik izhor etdi.

19
Adliya xabari

#Kuzatuv

Adliya xodimi yangi lavozimga kuzatildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Muborak tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Eshnazarov Murodulla Narqabilovich fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida kuzatuv tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i S. Nuriyev hamda soha xodimlari so‘zga chiqib, Murodulla Eshnazarovning adliya tizimidagi samarali mehnati, kasbiy mahorati va fidoyiligini alohida e’tirof etdilar.

Shuningdek, uning faoliyati davomida erishgan yutuqlari munosib baholanib, yangi va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilandi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Murodulla Eshnazarovni yangi lavozim bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

15
Adliya xabari

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa”  mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari rahbarlari, shaxsiy tarkib hamda viloyat Adliya boshqarmasi komplayens xizmati rahbari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochdi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi komplayens xizmati rahbari Shaxzod G’oyimov va viloyat IIB  nazorat taftish inspeksiyasi boshlig'i  Alisher Ochilovlar ma’ruza qilib, bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida o‘z ichki siyosati va imkoniyatlariga ko‘ra, bu illatga qarshi muntazam ravishda kurash olib borilyotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, bartaraf etish maqsadida 2017-yilda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

15
Adliya xabari

#yarmarka

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan o’tkazilgan huquqiy adabiyotlar savdo yarmarkasi bo'lib o'tdi.

14
Adliya xabari

#Sayyor_qabul

Dehqonobod tumanining "Oqrabot" mahallasida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Rahimov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy muammolariga yechim topish, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Bosh vazirning 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq hududlarda sayyor qabullarni tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, aholiga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish, notinch oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish va ularni yarashtirish choralarini ko‘rish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Tadbirda 60 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Jarayon davomida mas’ullar tomonidan 60 dan ortiq fuqaro qabul qilinib, 20 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 15 ta hujjat ish yurituviga olindi.

13
Adliya xabari

#MEN_DONORMAN

Inson hayotini saqlab qolishda donorlikning o‘rni beqiyos. Beg‘araz qon topshirish orqali minglab bemorlarga umid va yashash uchun imkoniyat beriladi. Xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlari bugungi donorlik aksiyalarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi (https://adliya.uz/?utm_source=chatgpt.com) tashabbusi bilan mamlakatimizda beg‘araz donorlik harakatini keng targ‘ib qilish, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish hamda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash maqsadida turli aksiyalar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan donorlik aksiyasida 20 nafar ko‘ngilli xodim faol ishtirok etdi. Ular inson salomatligi va hayotini asrash yo‘lida beminnat yordam ko‘rsatib, qon topshirdilar. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan donorlikning inson organizmi uchun foydali jihatlari, uning tibbiyotdagi ahamiyati hamda qon topshirish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.

07
Adliya xabari

#HuquqbuzarliklarProfilaktikasi
#Rahbar va Yoshlar uchrashuvi

Kasbi tumani adliya bo‘limi tomonidan Kasbi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, soxta hujjatlardan foydalanish qonunga zid ekani hamda bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlash har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.

07
Adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Xoliqov Javohir Bohodir o‘g‘li g‘olib deb -  DXM hisoblash texnikasi operatori

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

06
Adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Begmatov Bunyod Sur’at o‘g‘li - Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh
maslahatchisi.

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

05
Adliya xabari

#adliya_xabari

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov hamda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovlar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda notariuslarga banklar orqali oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish (“eskrou”), onlayn notarial harakatlar hamda ijro xatlarini yozish holatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Notariuslar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar eshitilib, ularning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.