Yangiliklar
Adliya spartakiadasi doirasida o'tkazilgan sportning shaxmat turi bo'yicha Koson tuman DXM direktori Gadoyev Quvonchbek Eshqobilovich faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Qabulda barcha viloyat tashkilotlari rahbarlari ham jam bo’lishgan.Shuningdek,
tumanda o'tkazilgan sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Isokov, tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari, FHDY bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida 3 nafar fuqaroning murojaati bo'lim ish yurituviga qabul qilindi.
Mirishkor tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi,tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda tuman FHDY bo'limi tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
"Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo'lib o'tgan qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 7 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, tadbir davomida 6 nafar mahalladagi 13-sonli maktab o'quvchilariga ham tug'ilganlik guvohnomalari topshirildi.
Auksion (tanlov) g‘olibi bo‘lgan fuqarolarning 10 nafariga yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi sifatida sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga nafaqat davlat xizmatlari ko‘rsatildi, balki ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimdagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi.
O'zbekiston Respublikasi adliya Adliya vazirligi tizimida birinchi marta “Adliya spartakiadasi" tashkil etilmoqda.
Spartakiadada markaziy apparat va hududiy adliya organlaridan 135 nafar ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.
Do'stlik uchrashuvlarida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etishayapti.
Kosonlik Oqil Umirov 5 yildirki to'shakka mixlangan. U o'zi mustaqil harakatlanaolmaydi. Shu boisdan nikoh guvohnomasini vaqtida ololmadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga "yurisprudensiya" mutaxassisligi bo'yicha oliy ta'lim bakalavriatiga o'qishga kirish uchun yo'llanmalar berish yuzasidan tanlov o'tkazish tartibi bo'yicha NIZOM tartibi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Mehnat jamoalarida mehnat qonunchiligi”dan xabardorlik darajasini aniqlash boʻyicha maxsus soʻrovnoma ishlab chiqildi.
Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi "Oltin voha" radiosida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi Elnur Ismoilov, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimovalar ishtirokida tahririyatning Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan "Inson huquqlari - Oliy qadriyat" granti loyihasida suhbat boʻlib oʻtdi.
Mazkur muloqot "Oltin voha" radiosining muharriri Shahnoza Qosimova muallifligida "Inson qadri" nomli eshittirishi orqali toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatildi.
Bugun viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi “Ma’naviyat soati”da AvtoMoto havaskorlar Qashqadaryo bo'limi mas'ul rahbari ishtirokida o'quv- seminar o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga 2022-2023 o'quv yili uchun hujjat topshirish 1-avgustdan 20-avgustga qadar ( 20-avgust ham) my.gov.uz portali yoki www.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.Texnikumga maktabning 11- sinfini yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejni bitirgan abituriyentlar qabul qilinadi.
Yuridik texnikumda 3 ta yo'nalishlar bo'yicha (kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida) o'quvchilar qabul qilinadi.