Yangiliklar
Qarshi shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 30 yilligi munosabati bilan burchak tashkil etildi hamda bayram munosabati bilan murojaat etayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblari va bayroqlar tarqatilmoqda.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va Qarshi shahar Shayxali qo‘rg‘onchasida joylashgan harbiy qism bilan hamkorlikda "Konstitutsiya - g'ururim mening" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma mas'ul xodimi R.Raxmonov tomonidan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Madhiyasi mazmun-mohiyati haqida huquqiy tushuntirish berildi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot kutubxona markazi hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, “Yurt tarovati” gazetasi bosh muxarriri hamda boshqa tashkilot vakillari xakamlar hay’ati sifatida ishtrok etishdi.
Tanlov yakunlarida g‘oliblar aniqlanib, kutubxona markazi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha masʼul xodimlari uchun Gruziyaga intensiv oʻquv kursi tashkil etildi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Qarshi filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbiri o’tkazildi, unda Qarshi tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi A.Jurayev ishtirok etdi.
Bugun adliya boshqarmasi mas’ul xodimi hamda Yuridik texnikum volontyorlari bilan birgalikda “Hududgaz” Qashqadaryo gaz ta’minoti filialida “Zuravonlikka qarshi 16 kun” targ‘ibot tadbiri doirasida “Biz zuravonlikka qarshimiz”, “Oila muqaddas qo‘rg‘on” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ishtirokchilarga xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirildi.
Shuningdek, Yuridik texnikum talabasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish tarixi hamda uning huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va Markaziy bank Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Markaziy bank Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o'quv-semenar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi J.Norov ishtirok etib O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati haqida huquqiy tushuntirish berdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6-dekabr kuni Qarshi tuman Xonobod qishlog'ida joylashgan harbiy qismda "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" va "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolaridan iborat jami 100 nafar shaxslar ishtirok etdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi haqida tushuntirish berildi.
Harbiy xizmatchilarning oilalari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
8-Dekabr — "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi" munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni hamda "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tizimda faoliyat yuritib, o'z xizmat vazifalarini mas'uliyat bilan ado etib kelayotgan xodimlar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda faxriy yorliqlar tantanali tarzda topshirildi.
Qashqaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'ral Ostanov "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz.