PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish vakolati berilgan. 2026-yilning I choragi davomida Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 12 ta tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 1 ta o‘rganish va 17 ta monitoringlar o‘tkazilib, 216 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati bo‘yicha jami 19 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 512 763 000 so‘m pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslarga undirib berilgan. Bo‘lim tomonidan I chorak davomida 6 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzilib, natijasiga ko‘ra 6 nafar mas’ul xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolarni qonuniy manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga kiritilgan 3 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, 83 821 000 so’mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi.1 ta Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirildi. Bundan tashqari adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning I choragi davomida Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda xususiy amaliyot bilan shug ullanuvchi notarial idora bilan birgalikda tumandagi MFY larni qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari davlat organlari va tashkilotlarga yetkazilgan. Tumandagi davlat organlari, tashkilotlar, kollejlar, maktablar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida 2026-yilning 1-choragida jami 440 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilgan va 600 dan ortiq ta buklet va flayerlar tarqatilgan. Shuningdek, bo‘lim tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali jami 36 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan, 12 tasi radio, 12 tasi gazetalar, 12 ta televideniyani tashkil qiladi. 322 ta targ‘ibot tadbirlari telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Dehqonobod tuman adliya huquqiy yangiliklar”, “Mahallalar+Adliya” kanallari hamda tuman adliya bo‘limining “Facebook” dagi sahifasi, instagramdagi “Dehqonobod adliya” va boshqa telegram guruhlari, vebsayt, elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.