05.01.2026

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari.

116 ta murojaat kelib tushgan, shundan 82 ta murojaatlar hal etilgan.

5 ta sohada o‘rganish hamda 7 ta monitoring tadbirlari o‘tkazildi.  O‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasida jami 1296 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlangan.

84 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, sudga 1 ta noqonuniy hujjatni bekor qilish bo‘yicha da’vo arizalari kiritildi.

Ta’sir choralar natijasida 13 nafar shaxslar intizomiy, 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 121 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan.

1 ta da’vo ariza sud tomonidan qanoatlantirilib 1 ta noqonuniy qaror bekor qilingan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 30 ta normativ tusdagi hamda 283 ta yer munosabatlariga oid qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi ta’minlandi.

 

 

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va
metodik ta’minlash sho‘basi


Рўйҳатга қайтиш