O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi
“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning
1-choragi mobaynida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 1 ta normativ tusdagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 1 marta o‘rganish hamda 16 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 16 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 116 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 11 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 113 mln. 578 ming 846 so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 7 ta hujjatlar bekor qilingan.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025-yilning 1-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 156 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 122 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 18 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 16 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 2 ta 311 mln. 520 ming
600 so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 220 mln. 616 ming 500 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 1 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 1 nafar shaxsning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2025-yilning 1-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
968 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 51 tasi OAV orqali, 713 tasi og‘zaki, 161 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 713 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 319 marotaba, ta’lim muassasalarida
354 marotaba, mehnat jamoalarida 25 marotaba va boshqa joylarda 15 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.