04.04.2025

2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

 

 

 

 

 

 


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYA VAZIRLIGI

 

QASHQADARYO VILOYAT

ADLIYA BOSHQARMASI

 

2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan
kelib tushgan murojaatlarni
koʻrib chiqilishi yuzasidan

 

U M U M L A SH T I R I SH

            

 

 

 

 

QARSHI – 2025 y

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya
boʻlimlari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

U M U M L A SH T I R I SH

 

2025-yil 10-aprel                                                                  Qarshi shahri

 

         Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

         Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

         Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga
2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 1 911 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 84 tasi yozma, 2 tasi elektron, 617 tasi ogʻzaki, 463 tasi veb-sayt orqali, 745 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning
234 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.

 

        

 

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar 239 taga (2 150 ta) yoki 11.2 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 1 911 ta murojaatlarning 840 tasi boshqarmaga,
1 071 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 840 ta (84 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 234 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 34 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 301 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib, 748 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 59 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 11 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 7 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 99 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 840 taga (986 ta) yoki 14.2 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami murojaatlarining 292 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 275 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 89 tasi notariat va advokaturaga oid, 59 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 37 tasi inson resurslari sohasiga oid, 35 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 24 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 13 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 12 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 4 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.

Boshqarmaga 2025-yilning 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning 167 tasi shikoyat va 673 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 47 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 43 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 10 tadan yuridik xizmatga va notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 8 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 7 tasi soliq sohasiga oid, 5 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 3 tasi advokaturaga oid, 1 tadan ta’lim va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

 

Hisobot davrida kelib tushgan 840 ta murojaatlarning 748 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 274 tasi yoki 29.7 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 36.6 foizi) qanoatlantirilgan, 474 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 18 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 8 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 70 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 7 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 99 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 84 ta ariza-shikoyat, shundan 34 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 4 ta 114 mln. 761 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 24 ta taqdimnoma, 6 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 1 ta hujjat bekor qilingan, 6 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 121 mln. 271 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro Y.Jumayev bo‘sh turib qolganligi uchun ish haqlari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab javobgar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga nisbatan FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro Y.Jumayev foydasiga 26,9 mln. so‘m ish haqlari va ma’naviy zarar undirish belgilangan hamda murojaat qanoatlantirilgan.

“Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ ning bir guruh ishchilari Q.Xudoynazarov va boshqalarning ish haqi to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilganida haqiqatdan ham fuqarolar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi va 6 oylik ish haqi to‘lanmay qolib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan FIB Qarshi tumanlararo sudiga “Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ ga nisbatan fuqarolarning manfaatini ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan.

Da’vo arizasi natijasiga ko‘ra, sud tomonidan fuqarolarning to‘lanmay qolgan 31,5 mln. so‘m ish haqini undirib berish haqida hal qiluv qarori qabul qilinib, murojaat qanoatlantirilgan.

Fuqaro G‘.Payziyev ish haqlari vaqtida to‘lanmayotganligi uchun kompensatsiya pullarini undirib berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab, FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi hisobidan fuqaro G‘.Payziyev foydasiga 5,8 mln. so‘m kompensatsiya va ma’naviy zarar undirish belgilangan hamda murojaat qanoatlantirilgan.

Fuqaro E.Umirova homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullarini undirishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga taqdimnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 2,5 mln. so‘mlik homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘latib berilgan.

Fuqaro F.Suvonovaning bola parvarish ta’tilidan ishga chiqishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib ko‘rilib, Qarshi shahar Tibbiyot birlashmasiga fuqaroni o‘z ishini davom ettirish haqida taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasida, fuqaro F.Suvonova Tibbiyot birlashma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan o‘z ishini davom ettirishga ruxsat berilib, murojaati qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 26 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 18 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 10 ta, jami 54 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 36 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 18 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 46 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 5 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 2 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 1 tasi notariat va advokaturaga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 30 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi qoldiq bo‘lib ish yurituvda turibdi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 745 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 243 tasi qanoatlantirildi, 428 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi rad etilgan, 73 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

 

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2025-yilning
1-choragi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 1 071 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 714 tasi shikoyat, qolgan 357 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda, 93 taga (1 164 ta) yoki 8 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.

 

 

Kelib tushgan 1 071 ta (oʻtgan yildan 820 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 1 769 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 1 500 tasi qanoatlantirilgan yoki 79.3 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 84.8 foizi) qanoatlantirilgan, 269 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 36 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 81 tasi qoldiq boʻlib qolgan.

 

Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:

 

 

Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Shahrisabz shahriga 142 ta, Qarshi shahriga 115 ta, Koson tumaniga 106 ta, Shahrisabz tumaniga 72 ta, Yakkabog‘ tumaniga 69 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Chiroqchi tumaniga 51 ta, Kasbi tumaniga 48 ta, Muborak tumaniga 46 ta, G‘uzor tumaniga 42 ta, Ko‘kdala tumaniga 30 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.

 

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 94 ta taqdimnoma, 29 ta 1 mlrd.
366 mln. 863 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 1 ta maʼmuriy kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra, 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 1 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 12 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 4 mlrd. 536 mln. 574 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 124 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 439 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 10 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 573 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 564 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 9 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 436 tasi qanoatlantirilgan, 129 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 16 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 39 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 49 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
342 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 61 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 54 tasi taʼlimga doir, 29 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 27 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 13 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha, 6 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

 

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2025-yilning
1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

3. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;

4. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uyma-uy yurib, huquqiy muammolarni aniqlash, aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda murojaatlarni qabul qilish.

 

Rejalashtirish va
nazorat-tahlil sho‘basi


Рўйҳатга қайтиш