04.04.2025

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 1 choragi mobaynida Chiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda Chiroqchi tuman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 1 ta normativ tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 4 marta o‘rganish hamda 4 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 4 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 122 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 14 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib, shulardan 1 ta qoldiqda qolgan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025-yil 1 choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3541 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 3061 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 210 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 270 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 1 ta 1 mlrd. 466 mln.
227 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 493 mln.
so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yil 1-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami 1370 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 67 tasi OAV orqali, 411 tasi og‘zaki, 436 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 411 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 168 marotaba, ta’lim muassasalarida
73 marotaba, mehnat jamoalarida 54 marotaba va boshqa joylarda 116 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 


Рўйҳатга қайтиш