04.04.2025

Shahrisabz tuman adliya bo‘limining 2025 yil 1-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 72 ta murojaatlarning 56 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 42 ta yoki 75 foizi qanoatlantirilgan, 14 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 16 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor    qabullar

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 9 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 143 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 12 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 10 tasi qanoatlantirilgan va 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
1 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

     O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 11 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 13 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 203 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 9 ta taqdimnoma,
20 ta ogohnoma, 2 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

                         Natijada

- 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 886,7 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 21 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 1 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 181,7 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 1-choragi davomida jami 1068 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 88 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 482 tasi og‘zaki, 71 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 482 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i                         R.Muhammadiyev
                                

Рўйҳатга қайтиш