04.04.2025

Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 aprel kunidagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5415-sonli Farmonining
6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 1-choragi mobaynida Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holatini amalga oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yilning 1-choragida Nishon tuman hokimligi va Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining 3 ta normativ tusdagi shundan 1 ta tuman hokimligi qarori loyihasi hamda 2 ta Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining qaror loyihalari qonunchilikda moslashtirilib huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalar bo‘yicha 4 marta o‘rganish hamda 4 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 9 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi.

O‘rganish va monitoringlari davomida 576 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 24 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 106 mln. 178 ming so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 4 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan bo‘lsa, 33 ta hujjatlar qonunga muvofiqlashtirilib 3 ta hujjat bekor qildirish choralari ko‘rilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025 yil 1-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 185 ta ariza va so‘rovlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 760 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 174 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan va 28 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 2 ta 94 mln. 093 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 94 mln. 093 ming so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 4 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025 yil 1-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami 420 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 92 tasi OAV orqali, 259 tasi og‘zaki, 625 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 259 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 38 marotaba, ta’lim muassasalarida 20 marotaba, mehnat jamoalarida 14 marotaba va boshqa joylarda 27 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan MFY yettiligi ish faoliyati bilan bog‘liq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kundalik rasmiylashtirayotgan qonun xujjatlarini amaldagi qonun xujjatlariga mos ravishda rasmiylashtirishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarni kundalik ish faoliyatida foydalanishlik va xar bir xujjatni rasmiylashtirishda qonun xujjatlariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida Maxalla bo‘limi orqali barcha MFY larga foydalanishlik uchun ushbu uslubiy qo‘llanmalar elektron shaklda yetkazailgan.

Joylarda fuqarolarni tizimli, xuquqiy muammolarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining Nishon tumani Xalq qabulxonasi bilan xamkorlikda xar xaftada bitta MFYga chiqlib sayyor qabullar o‘tkazilish orqali aniqlangan muammolarni yechimi choralari ko‘rilmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 


Рўйҳатга қайтиш