04.04.2025

Kitob tuman adliya bo‘limining 2025 yil 1 chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 1 chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1 chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 68 ta murojaatlarning 54 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 52 ta yoki 76 foizi qanoatlantirilgan, 4 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 12 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

 

O‘tkazilgan sayyor qabullar

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1 chorak davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 10 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 145 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 6 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 4 tasi qanoatlantirilgan va 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
1 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

 

     O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 14 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 22 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 69 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 10 ta taqdimnoma,
30 ta ogohnoma, 1 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

 

                                              Natijada

 

- 1 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 328 630 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 4 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025 yil 1 chorak davomida jami 674 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 83 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 499 tasi og‘zaki, 92 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 499 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Kitob tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                  A.Xoliyarov


Рўйҳатга қайтиш