04.04.2025

Qarshi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 1-chorakda Qarshi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda Qarshi tuman hokimi va Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining 2 ta normativ tusdagi shundan 1 ta tuman hokimining qarori loyihasi hamda 1 ta Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 1 marta o‘rganish hamda 10 marta tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 12 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 209 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 11 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 816 mln.130 ming so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 1 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib bekor qilingan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning birinchi choragida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 61 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 57 ta murojaatlar hal etilgan. 39 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 18 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatini ko‘zlab 1 ta murojaat (yuridik faktni belgilash to‘g‘risida) kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan. 3 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yil 1-chorakda bo‘lim tomonidan jami 1039 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 81 tasi OAV orqali, 436 tasi og‘zaki, 454 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 68 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 208 marotaba, ta’lim muassasalarida            150 marotaba, mehnat jamoalarida 57 marotaba va boshqa joylarda 21 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan reja grafik asosida   “Huquqiy mahalla konsepsiyasi” doirasida tumandagi 3 ta MFY qamrab olinib, “Huquqiy ko‘mak” aksiyalari va “Adliya kuni” tabirlari manzilli dastur bo‘yicha o‘tkazib kelindi.

Mazkur farmonda tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalardan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 1200 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari o‘rganilib hal etish choralari ko‘rildi.

Hozirgi kunda “Online-mahalla”, “Mahalla adliya” va “Huquqiy muammo” platformasi orqali huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish yo‘lga qo‘yilganligi ishlarimizni osonlashtirib o‘tgan chorak davomida 2 589 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib huquqiy muammolar hal etish imkoniyatini yaratdi.

Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, 167 ta nikohni, 59 ta ajrimni, 95 ta o‘limni qayd etish, 112 ta shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, 17 ta meros ishi masalasida, 357 ta uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, 119 ta ish haqi va mehnat munosabatlari masalasida, 71 ta nogironlikni belgilash, 94 tasi aliment, 220 ta subsidiya olish, 117 tasi pensiya masalasida, 167 tasi ijtimoiy nafaqa, 151 tasi soliq imtiyozlarini qo‘llanilishida,         23 tasi notarius haraktlarini amalga oshirish, 131 tasi kommunal to‘lovlari, 457 tasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha kredit olishda, 232 tasi turli imtiyozlar masalasidagi muammolarni tashkil etgan.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.


Рўйҳатга қайтиш