04.04.2025

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yilning 1-choragi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yilning 1-choragi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 25 nafar shaxslarga ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida ommaviy joylarda 57 ta profilaktika tadbirlar o‘tkazildi.

Savdo maskanlarida aniqlangan kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha sohalar kesimida tayyorlangan 85 donadan ziyod kontrafakt mahsulotlar katalogi, yirik savdo markazlari, bozorlarda foaliyat yuritayotgan savdo nuqtalari hamda keng jamoatchilikka yetkazildi.

Kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha sohalar kesimida tayyorlangan kontrafakt mahsulotlar kataloglari va kontrafakt mahsulotlar bilan tanishish imkonini beruvchi doimiy yangilanib boruvchi elektron shakldagi QR-kodlar viloyatdagi oziq-ovqat bozorlari, savdo majmualari, savdo do‘konlari, teatr, kinoteatr, bar va kafelar, tadbirkorlik subyektlariga tarqatildi, shuningdek adliya boshqarmasining va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirib borilmoqda.

Boshqarma tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida kelib tushgan 13 murojaatlar o‘rganilib, 23 ta tadbirkorlik subyektlariga tekshirishlar o‘tkazilgan, shuningdek 5 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli sudlarga yuborilishi (barchasi bo‘yicha ma’muriy jarima jazolari qo‘llanilgan), 19 ta taqdimnomalar hamda 4 ogohnomalar kabi ta’sir choralari kiritilishi natijasida 61 ta intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi ta’minlandi.

Intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini uyg‘otish maqsadida doimiy ravishda fuqarolarga tegishli materiallar tarqatilib, ushbu materiallarni viloyat adliya boshqarmasi, OTMlari va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlari hamda OAVda joylashtirib borish va keng jamoatchilikka yetkazish ishlari amalga oshirib borilmoqda.

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 30 ta turli ko‘rinishdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 3 tasi televideniya, 1 tasi radio, 1 tasi gazeta, 18 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 3 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 4 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tarzida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan ularni farqlash, ularning zararlari to‘g‘risida 2 ta ijtimoiy roliklar tayyorlanib ommaviy axborot vositalarida efirga uzatilishi ta’minlangan.

 

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi

I.Sharapov


Рўйҳатга қайтиш