04.04.2025

Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan 2025-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 1-choragi
davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
614 tani tashkil etib, shundan 445 ta yuridik shaxs maqomiga ega, 169 ta esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 189 ta, shundan 187 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

Sho‘baga ushbu davr mobaynida 78 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 tasi nazoratga olingan, 48 ta ma’lumot sifatida qabul qilingan. 6 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 27 ta o‘z vaqtida ijro etilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari shu’basi tomonidan 3 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, 4 ta ariza rad etilgan, 1 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2 tasi jarayonda.

Hisobot davri davomida bo‘limga 13 ta murojaat (12 ta ariza, 1 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 4 tasi qanoatlantirilgan, 9 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 2 ta qoldiq bo‘lib qolgan.

Sho‘ba tomonidan jami 12 ta taqdimnoma, kiritildi va natijada 9 ta shaxsga intizomiy javobgarlikka, 2 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma kiritilgan. Natijada 2 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 68 ta ogohnomalar kiritilishi ta’minlandi.

Bo‘lim tomonidan 4 marotaba tuman (shahar) lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

Sho‘ba tomonidan ushbu davr mobaynida jami 52 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 5 marotaba televideniyeda, 4 marotaba radioda,
2 marotaba gazetada, 15 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 24 marotaba og‘zaki targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 5 marotaba ma’ruza, 2 marotaba davra suhbati hamda 2 marotaba seminar va 12 marotaba uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.

   2025 yil 1-choragi davomida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro etilishi yuzasidan o'tkazilgan 100 ga yaqin o‘rganish va monitoringlar natijasida mahalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlarining buzilishi. uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida jami 6 ta taqdimnomalar kiritildi. Natijada 15 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida 75 ta ogohnomalar yuborildi.


Рўйҳатга қайтиш