04.04.2025

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar...

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 100 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.

Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 89 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 17 ta murojaat qanoatlantirilgan, 59 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 3 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 6 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.

Hisobot davrida viloyatda jami 61 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 1 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 1 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.

Shuningdek, shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida notarial idoralarda 16 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 7 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan 1 oyga qadar toʻxtatildi.

Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 3 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 3 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi.

Huquqiy targʻibot sohasida 2025-yilning 1-choragi davomida 21 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 4 tasi radio va televideniya, 3 ta gazeta, 14 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 26 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 1 291 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-choragi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 31-mart kuniga qadar jami 521 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgan boʻlib, shundan 2025-yilning 31-mart holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 337 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 149 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2025-yilning 1-choragi davomida berilgan litsenziyalar soni 12 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 6 tani tashkil qiladi.

2025-yilning 1-choragi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 272 tani, shundan advokatlik byurolari 252 tani, advokatlik firmalari 16 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 9 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
17 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 9 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 1-choragi davomida jami 3 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 41 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 41 ta masaladan 3 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 35 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 3 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.

Shu bilan birga, 2025-yilning 1-choragi davomida talabgorlarga berilgan 12 ta litsenziyalar uchun jami 4.500.000 soʻm davlat boji, 12 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 2.250.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.

 


Рўйҳатга қайтиш